O‘zbekiston-Tojikiston harbiylari ishtirokida “Markaz-2019” harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat o‘rtasidagi harbiy munosabatlarning mustahkamlanishiga hamda jangovar tayyorgarlikni oshirishda muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.

1272090
O‘zbekiston-Tojikiston harbiylari ishtirokida “Markaz-2019” harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

 

O’zbekistonning Namangan viloyatida joylashgan “G‘urumsaroy” poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiy bo‘linmalari ishtirokida “Markaz-2019” harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Bu haqda O’zbekiston mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, O’zbekistonning Tojikiston bilan chegaradosh bo’lgan Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiy bo‘linmalari tomonidan shartli ravishda janubiy sarhadlarga suqilib kirgan terrorchi guruhlarga qarshi hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Joriy yilda ikkinchi marta o’tkazilayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga 100dan ortiq o‘zbekistonlik va tojikistonlik harbiylar ishtirok etmoqda.

Mashg’ulotlarda qurolli kuchlarga oid harbiy texnikalar va qurol-aslahalar qo’llaniladi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat o‘rtasidagi harbiy munosabatlarning mustahkamlanishiga hamda jangovar tayyorgarlikni oshirishda muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.

Harbiy mashg’ulotlar bu hafta o’z nihoyasiga yetadi.

Eslatma: 2017 yili O’zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirliklari o’rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirish va qo’shma jangovar tayyorgarlikni oshirishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

 



Aloqador xabarlar