Qirg’izistonning O’sh shahrida Turk kinofil’m kunlari o’tkazilmoqda

Bugun O’shdagi “Nur” kinoteatrida “Biz uchun chempion” va “Rafadan Tayfa” nomli fil’mlar bepul namoyish qilinadi.

1271968
Qirg’izistonning O’sh shahrida Turk kinofil’m kunlari o’tkazilmoqda

 

Qirg’izistonning O’sh shahri 2019 yil Xalqaro turk madaniyati tashkiloti – TURKSOY tomonidan “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan O’sh shahrida bir yil mobaynida turli festivallar, tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Eslatish joizki, shu yilning 20-21 aprel kunlari O’sh shahrida “O’sh – Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb nomlangan xalqaro festival bo’lib o’tdi.

Shu kunlarda O’sh shahrida Turk kinofil’m kunlari o’tkazilmoqda.

Kecha tadbir doirasida O’shdagi “Semetey” kinoteatrida “Bo’ri” nomli fil’m namoyish qilindi.

Shuningdek, bugun “Nur” kinoteatrida “Biz uchun chempion” va “Rafadan Tayfa” nomli fil’mlar bepul namoyish qilinadi.

Tadbir ochilishida so’zga chiqqan Turkiyaning Qirg’izistondagi favqulodda va muhtor elchisi Chingiz Komil Firot 3000 yillik tarixga ega bo’lgan O’sh shahrida Turk kinofil’m kunlarini tashkil qilishda mehnati singan barcha tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar