O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ladi

Qozog’iston O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lishini mamnuniyat bilan kutib oldi.

1270041
O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ladi

 

Qozog’iston O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lishini mamnuniyat bilan kutib oldi.

Bu haqda Qozog’iston tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lishidan mamnunmiz. Turkiy davlatlar uchun katta ahamiyatga molik bo’lgan ushbu qaror Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini qabul qilish kuniga to’g’ri keldi”,-deyiladi bayonotda.

O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatidagi ishtiroki huquqiy, madaniy, ilmiy, harbiy-texnikaviy, ta’lim, energetika, transport, moliya-kredit va boshqa sohalarda umumiy manfaatlarini ifodalashda mamlakatning turkiy tilli davlatlar bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatish joizki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’tgan hafta mavzuga doir qarornomani imzolagandi.

O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi safiga qo’shilishi 15 oktyabr kuni ushbu tuzilmaga a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda Qozog’istonning sobiq prezidenti Nursulton Naazarboyevning taklifiga binoan tashkil qilingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar