O'zbekistondan Xabarlar 36- qism

31 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag`on qurbonlarini yod etdi.

1264102
O'zbekistondan Xabarlar 36- qism

 

31 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag`on qurbonlarini yod etdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag`on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.

Qur`on tilovat etilib, xalq ozodligi uchun fido bo`lgan insonlar haqiga duo qilindi. An`anaga ko`ra, elga osh tortildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo`lib o`tdi.

Mirziyoyev, ulamo va ziyolilar bilan bo’lgan suxbatda, mamlakatda fidoyi va vatanparvar bobolarning hayoti va merosini o`rganish, xotirasini abadiylashtirishga katta e`tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Mirziyoyev, mamlakatdagi tinchlik, erkinlik va to`kinlikning qadriga etish, diling Ollohda, qo`ling mehnatda bo`lsin degan g`oyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni keng dunyoqarashli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash muhimligini ta`kidladi.

Jumladan Mirziyoyev shunday dedi:

Shundan so’ng Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga xam tashrif buyurib, ozodlik, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo`ydi.

Marosimda O`zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham ishtirok etdi.

         

Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining filiali ochilishi tantanali marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev, O`zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov hamda “Rosatom” va “O`zatom” korporatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olgan Bosh Vazir Abdulla Aripov, mazkur bilim dargoxining ochilishi muxim voqea ekanligini aytar ekan, “Bizning mamlakatda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining filiali ochilishi – bo`lajak atom elektr stansiyasi uchun malakalai kadrlar tayyorlash uchun asos bo`ladi. Undan tashqari ushbu oliygoh keljakda minglab yoshlarga yuqori malakali soha – atom energetikasi sohasida ish topishga yordam beradi", deya ta'kidladi.

O`z navbatida Aleksey Lixachev ham O`zbekistonda atom energetikasi sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash - asosiy masala ekanini ta`kidladi hamda Rossiya va O`zbekiston orasida ushbu sohada muvaffaqiyatli hamkorlik yo`lga qo`yilganidan mamnunligini bildirdi.

Kirish so`zlardan keyin mehmonlar ramziy tasmani kesib, Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining O`zbekistondagi filiali ochilganini rasman e`lon qilishdi.

Ma'lumki, ushbu oliygoh Rossiya va O`zbekiston o'rtasida atom elektr stansiyasi qurilishi doirasida 2018 yilda erishilgan kelishuvga asosan tashkil etildi.

 

"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivali nixoyasiga yetdi.

O'tgan xaftada Samarqand shaxrida boshlangan "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivali g`oliblari ma`lum bo`ldi,

Bu yil on ikkinchi marta o’tkazilayotgan festivalda O`zbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi dutorchi qiz Mehrinigor Abdurashidova Gran pri sohibi bo`ldi. Shuningdek g`olibga - 10 ming AQSh dollari, diplom va esdalik sovg`alar ham berildi.

Festivalda Qirg`izistonning "Qomuzchilar" dueti hamda Ozarbayjonlik sanatkor Parviz Gasimov birinchi o’rinni egalladi va har biri 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Turkmanistonning "Archabil" va Mo`g`ulistonning "Xatan" jamoalari ikkinchi o`ringa sazovor bo`lishdi. Ularga 3,5 ming AQSh dollaridan pul mukofoti, diplom va boshqa sovg`alar topshirildi.

Tojikistonning "Badaxshon" va Rossiyaning "Ayarxan" musiqiy jamoalari hamda O`zbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulug`bek Elmurodzoda uchinchi o`rinni egallab, festivalning uchinchi darajali diplomlari, 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Festival doirasida "Sharq xalqlari an'anaviy musiqa san'atini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo'lib o'tdi.

Festivalga 78 davlatdan 300'dan ortiq xonanda va sozandalar, badiiy jamoa va ansambllar, san'at va musiqashunoslar ishtirok etdi.

         

 



Aloqador xabarlar