O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

Bitim jinoiy-huquqiy sohada hamkorlikni kengaytirishga hamda ikki mamlakatning jinoyatchilikka qarshi kurashda yanada samarali hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

 

 

2019-yil 20-avgustdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.

Ushbu hujjat 2018-yil 30-aprelda imzolangan edi.

Bitim jinoiy-huquqiy sohada hamkorlikni kengaytirishga hamda ikki mamlakatning jinoyatchilikka qarshi kurashda yanada samarali hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.

Hujjatda shaxslarni ushlab berish shartlari, ushlab berishni rad kilish uchun asoslar, so‘rovning shakli va mazmuni, shuningdek, so‘ralayotgan tomonga beriladigan zaruriy tasdiqlovchi hujjatlar nazarda tutilgan.

Bitimga muvofiq har bir tomon so‘rayotgan tomonga jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlik uchun hukmni bajarish maqsadida qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladi.


Tanlangan kalimalar: bitim , Turkiya , O'zbekiston

Aloqador xabarlar