O'zbekistondan xabarlar 33-qism

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

1252831
O'zbekistondan xabarlar 33-qism

 

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida "Tolibon" harakatining siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

8 avgust kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida "Tolibon" harakatining Dohadagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund boshchiligidagi harakat vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Bu xaqida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv chog`ida Afg`onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar O`zbekiston rahbariyatiga Afg`onistonga doimiy e`tibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va O`zbekiston sa`y - harakatlari tufayli Afg`oniston muammosi yana jahon hamjamiyati diqqat markazida turganligini alohida qayd etdi.

"Tolibon" harakatining siyosiy ofisi rahbari afg`onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o`tkazish to`g`risidagi taklifni qo`llab - quvvatladi. Mazkur tadbirning Afg`onistondagi hozirgi real vaziyat nuqtayi nazaridan o`z vaqtida tashkillashtirilayotgani va dolzarbligi qayd etildi.

Mulla Barodar Axund O`zbekiston tomonining mazkur uchrashuvni o`tkazish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Yevropa Ittifoqi "Jasliq" koloniyasining yopilishini olqishlab, penitentsiar tizimda ham islohotlar bo`lishini kutayotganini ma`lum qildi.

Yevropa Ittifoqi "Jasliq" koloniyasining yopilishini olqishlab, buni qamoqxonalarda boshqaruvni yaxshilash sari tashlangan qadam deb atadi.

"Yevropa Ittifoqi penitentsiar tizimda Birlashgan Mİllatlar Tashkilotining qiynoq va jazoning boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr - qimmatni toptovchi turlariga qarshi Konventsiyasi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish asosida penitentsiar tizimdagi islohotlarni amalga oshirishini hamda ombudsmanning eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq ravishda Milliy preventiv mexanizmi funktsiyasini bajarish bo`yicha vakolatlarining kengaytirilishini kutmoqda", - deyiladi Yevropa İttifoqi bayonotida.

Chet ellik va ichki iqtisodiy operatorlarning amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi hamda ularning O`zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligi qonun ustuvorligi va inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi doimiy o`sishga bog`liq, deya ta'kidlanadi Yevropa İttifoqi bayonotida.

Yevropa Ittifoqi bayonotida shuningdek kelgusida munosabatlarni yangi darajaga ko`taruvchi bunday hodisalarni qo`llab - quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Bu oy boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro xamjamiyat tomonidan eng ko’p tanqid qilingan "Jasliq" qamoqxonasini yopishga qaror qilgan edi.

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi 2002 yildan beri O'zbekistonga Jaslik qamoqxonasini yopishni tavsiya qilyotgan edi.   

   

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

O'tgan xaftada Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida o`tgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasida savdo - iqtisodiy, transport - kommunikatsiya, madaniy - gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko`rib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo`yi davlatlari bilan savdo - iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko`tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston prezidenti O`zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.

Uchrashuvda shuningdek tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalart xam ko'rib chiqildi.

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida shuningdek Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy hamda Rossiya Bosh Vaziri Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashuvlar o'tkazdi.

 

Termiz shahridan "O`zbekiston - Tojikiston - Xitoy" yo`nalishida yangi transport koridori bo`yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo`lga chiqdi.

10 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan "O`zbekiston - Tojikiston - Xitoy" yo`nalishida yangi transport koridori bo`yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo`lga chiqdi.

"Termiz - Dushanbe - Qashg`ar" yo`nalishi bo`yicha tashkil etilayotgan ushbu avtokarvon O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 6 apreldagi "Yuk va yo`lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur avtokarvonda har uchala davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etmoqda.

10 avgust kuni "Termez Cargo Centr" logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil O’zbekistonning Termiz, Tojikistonning Dushanbe, Vahdat, Ko`lob, Qal`ai Xumb, Xorug`, Kulma xamda Xitoy Xalq Respublikasining Qashg`ar yo`nalishida harakatlanib umumiy hisobda 1422 kilometr masofani bosib o`tadi.

         

 



Aloqador xabarlar