Mirziyoyev, Qirg’isiztondagi vaziyatning tez orada barqarorlashishiga umid bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1250612
Mirziyoyev, Qirg’isiztondagi vaziyatning tez orada barqarorlashishiga umid bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 8-avgusti kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilganlar.

Shuningdek Qirgʻizistonda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim ekani alohida qayd etilgan. Qoʻshni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirilgan.

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligi taʼkidlangan.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari keng koʻlamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqlaganlar.

 



Aloqador xabarlar