Samarqand shahri «turistik xab»ga aylantirilmoqchi

Samarqand tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi.

1243547
Samarqand shahri «turistik xab»ga aylantirilmoqchi

Samarqand tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqida Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga bo’lgan safaridan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekani ta’kidlangan. Prezident xususan, Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan ko‘rsatmalar bergan.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 23-iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni o‘zgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etilgan. 

Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qilgan. Ularning takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.



Aloqador xabarlar