Tojikiston O’zbekiston, Afg’oniston va Qirg’izistonga 1 mlrd 275 mln Kvt soat elektr eksport qildi

O’tgan yili qo’shni davlat Afg’oniston va O’zbekistonga sotilgan elektrdan 77 mlrd dollar daromad qo’lga kiritgan Tojikiston, joriy yilda mazkur davlatlarga jami 3.2 mlrd Kvt soat elektr eksport qilishni rejalashtirmoqda.

1236508
Tojikiston O’zbekiston, Afg’oniston va Qirg’izistonga 1 mlrd 275 mln Kvt soat elektr eksport qildi

 

Tojikiston yilning dastlabki yarmida O’zbekiston, Afg’oniston va Qirg’izistonga 1 mlrd 275 mln Kvt soat elektr eksport qildi.

Bu davrda Tojikiston qo’shni davlatlarga elektr eksport qilishdan 24.3 mln dollar daromad qo’lga kiritdi.

Tojikiston energiya va suv manbalari vaziri Usmonali Usmonzoda ma’lum qilishicha, Tojikiston yilning dastlabki yarmida qo’shni davlatlarga eksport qilgan elektr miqdorini o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 33.3 foiz oshirgan.

Tojikiston rasmiylari ma’lum qilishicha, yilning dastlabki yarmida o’tgan yilning dastlabki yarmiga nisbatan elektr ishlab chiqarish hajmi 6.5 foiz oshdi, bu esa 10.1 mlrd Kvt soatni tashkil qiladi.

O’tgan yili qo’shni davlat Afg’oniston va O’zbekistonga sotilgan elektrdan 77 mlrd dollar daromad qo’lga kiritgan Tojikiston, joriy yilda mazkur davlatlarga jami 3.2 mlrd Kvt soat elektr eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Tojikiston o’tgan yili 19.7 mlrd Kvt soat elektr ishlab chiqargan edi.

Bu esa 8.8 foizni tashkil qiladi. Bu miqdorning 2.4 mlrd Kvt soati qo’shni davlatlarga eksport qilingan edi.

 



Aloqador xabarlar