Toshkentda, Turkiyaning FETOga qarshi kurashi qo’lga olindi

Toshkentda, Turkiyaning FETOga qarshi kurashi qo’lga olinar ekan shu doirada Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan matbuot anjumani uyushtirildi.

1235573
Toshkentda, Turkiyaning FETOga qarshi kurashi qo’lga olindi
Taşkent 15 Temmuz Anma 2.jpg
Taşkent 15 Temmuz Anma 3.jpg
Taşkent 15 Temmuz Anma 4.jpg
Taşkent 15 Temmuz Anma 5.jpg

Toshkentda, Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 2016-yilning 15-iyuli kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusining 3 yilligida Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan matbuot anjumani uyushtirildi. Unda 40 dan ortiq o’zbekistonlik ommaviy axborot vositasi vakili ishtirok etar ekan, elchi Mehmet Sureyya Er, Turkiyada FETO terror tashkilotiga qarshi olib borilgan keng ko’lamli kurash haqida so’zlab, jurnalistlarning mavzu haqidagi savollariga javob berdi. Bu haqida Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi, ijtimoiy tarmoq orqali ma’lumot tarqatdi. Unda shunday deyilgan:

15iyul xoinona davlat to'ntarishining bartaraf etilganining 3 yilligi munosabati bilan elchixonamizda matbuot konferensiyasi o'tkazdik. O'zbekistonning ilg'or ommaviy axborot vositalarining 40 nafardan ortiq vakillari qatnashgan matbuot konferensiyasida FETOga qarshi olib borgan keng qamrovli kurashimiz to'g'risida ma'lumot berdik va matbuot xodimlarining savollariga javob berdik”.

Shuningdek ertaga (2019-yilning 15-iyuli kuni) elchixona tomonidan Wyndham Tashkent mexmonxonasida konferentsiya o'tkazilib, to’ntarishda shahid bo’lgan yurttoshlarni yodga olish marosimi o’tkazilmoqchi.



Aloqador xabarlar