AQSh delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

Delegatsiya O‘zbekistondagi biznes va investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishish hamda yuqori lavozimli rasmiylar, AQSh Savdo palatasi a’zolari, davlat korxonalari va boshqa kompaniya vakillari bilan uchrashuv amalga oshirdi.

1221402
AQSh delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

 

Shu yilning 18-iyun kuni Amerikaning yirik 13 ta kompaniyasini o‘z ichiga olgan AQSh delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi.

Delegatsiya O‘zbekistondagi biznes va investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishish hamda yuqori lavozimli rasmiylar, AQSh Savdo palatasi a’zolari, davlat korxonalari va boshqa kompaniya vakillari bilan uchrashuv amalga oshirdi.

Butun dunyoda tan olingan GE, Bechtel, Procter & Gamble va John Deere kabi kompaniyalar vakillaridan tashkil topgan ushbu delegatsiya o‘zi uchun savdo va investitsiya imkoniyatlari ochilishidan umidvor.

“AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2017-yilda qariyb 150 million dollar, 2018-yilda esa 300 million dollardan ortiqni tashkil etib, ikki baravar oshgan bo‘lsa ham, tijoriy va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun zarur imkoniyatlar mavjud”,- dedi AQSh delegatsiyasi vakili.


Tanlangan kalimalar: #delegatsiya , #AQSh , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar