O'zbekistondan xabarlar 24-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O'zbekistondan xabarlar 24-qism

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qasim-Jomart Toqaevni Qozog`istonda bo`lib o`tgan  prezident saylovida ishonchli g`alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari Qozog`iston xalqi Qasim-Jomart Toqaevni keng qo`llab - quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, uning mamlakat barqaror taraqqiyotiga va xalqaro nufuzini oshirishga hissasini yuksak baholashini yana bir bor namoyish etgani, amalga oshirilayotgan siyosat va eng muhim ijtimoiy - iqtisodiy islohotlarning izchil davom ettirilishiga qat`iy ishonchning ifodasi bo`lgani alohida ta`kidlandi.

Qozog`iston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O`zbekistonga ilk davlat tashrifi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga o`zaro intilishning tasdig`i bo`lib, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi sur`at bag`ishlagani qayd etildi.

Suhbat chog`ida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqaev O`zbekiston bilan Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlikka doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Kelgusidagi, jumladan, ko`p tomonlama tashkilotlar tadbirlari doirasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

Prezidentlar O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta`kidladilar.

         

7 - 8 iyun kunlari Namangan shahrida Xalqaro investitsiya forumi va Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

Forumda dunyoning 40dan ziyod mamlakatidan 300 nafarga yaqin chet ellik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Forum davomida, Namangan viloyatining xorijiy kompaniyalari vakillariga bor iqtisodiy salohiyatini namoyish qiladi.

Forumning birinchi kunida «Shodiyona» majmuasida ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, İnvestitsiya va Tashqi Savdo vaziri birinchi o`rinbosari Alisher Abdualiev, Respublika Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov so`zga chiqdi.

Forumda so'z olgan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, viloyatning tekstil va oziq ovqat sanoati soxalarida kata imkoniyatlarga ega ekanini aytar ekan, bu soxalarda xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Bozorov, jumladan shunday dedi: "Aziz mexmonlarimiz, bugun sizlarni "Doing business with Namangan 2019" xalqaro investitsiya forumida ko`rib turganimizdan mamnunmiz!

Xalqi mehnatkash va tadbirkor, yosh va faol 2 million 700 ming aholi yashaydigan Namangan viloyatini to'laqonli "Farg`ona vodiysining yuragi", deb atasak bo'ladi.

Shu o'rinda viloyatimiz muqaddam qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan xududdan xozirgi kunda sanoatning barcha turlari jadal rivojlanayotgan markazga aylanib borayotganini aytmoqchiman. Namangan viloyatining mavjud kanallar va daryolarda qurilayotgan mini gidro elektr stansiyalar elektr energetika soxasini rivojlantirayotgan bo'lsa, bugungi kunda kimyo, avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmasevtika, neft qazib chiqarish tarmoqlarida xam katta investitsiyalar o'zlashtirish boshlandi.

Shu bilan birga Namangan viloyati hududida bugungi kunda ikkita “Namangan” va “Kosonsoy-Farm” erkin iqtisodiy hududlari va 9 ta kichik sanoat zonalari mavjud. Barcha erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar ta'minlangan, ya'ni soliq va bojxona imtiyozlariga ega.

Yana bir xozirda rejalashtirayotganimiz soxa, Namangan tekstil soxasida O'zbekistonda eng ilg'or markazga aylanib borayotganini xisobga olgan xolda, yengil sanoat soxasida xam ixtisoslashgan uchinchi iqtisodiy zona tashkil etish haqida o`ylab turibmiz. Va albatta barchangizni, O'zbekistonda, Namanganda biznesingizni boshlashga da'vat qilib qolaman.”

Forum doirasida sanoat va muqobil energiya manbalari, qishloq xo`jaligi va mahsulotlarni qayta ishlash, madaniy - tarixiy turizm, innovatsion g`oyalar va texnologiyalar hamda xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish mavzularida seksiyalar muhokamasi o`tkazildi.

Seksiya majlislarida Namangan viloyatida sanoat, qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari, qishloq xo`jaligi, innovatsiya va turizm sohalarini rivojlantirishga doir ko`plab masalalar muhokama qilindi.

Seksiya majlislaridan so`ng Namangan viloyatining turli sohalardagi eksport mahsulotlari ko`rgazmasi hamda xorijlik va maxalliy tadbirkorlar o'rtasida muzokaralar bo’lib o’tdi.

İkki kun davom etgan xalqaro investitsiya forumi doirasida umumiy qiymati 320 million dollarga teng 39 ta hujjat imzolandi.

         

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o`rtasidagi sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, o`zaro manfaatli hamkorlik jadallashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari, jumladan, mamlakatda investitsiya loyihalarini va kreditlarni o`zlashtirishni tezlashtirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga ko`rsatilayotgan ko`makni kengaytirish masalalari batafsil ko`rib chiqildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tashkil etish va uning birinchi majlisiga tayyorgarlik ko`rish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Suma Chakrabarti samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning sur`ati, ko`lami va amaliy natijalarini yuksak baholadi.

Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O`zbekiston Respublikasi bilan ko`p qirrali sheriklikni har tomonlama qo`llab - quvvatlash va davom ettirish borasida intilishi qat`iy ekanini ta`kidladi.

         

Sözcük sayısı: 705


Tanlangan kalimalar: O'zbekiston , So'nggi , Xabarlar

Aloqador xabarlar