Toqayev inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi

Qozog’istonda muddatidan oldin o’tkazilgan prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Qosim-Jo’mart Toqayev inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Toqayev inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi

Qozog’istonda muddatidan oldin o’tkazilgan prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Qosim-Jo’mart Toqayev inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Mamlakatda 9-iyun kuni bo’lib o’tgan mazkur saylovda g’alaba qozongan Toqayevning Mustaqillik saroyida uyushtirilgan inauguratsiya marosimida Qozog’iston Respublikasining sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan birga kabina a’zolari, deputatlar, Qozog’istonda faoliyat ko’rsatkan chet el diplomatik vakolatxonalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Toqayev, Qozog’iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog’iston konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog’iston respublikasi prezidenti sifatida zimmasiga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qildi.  

Markaziy saylov komissiyasining raisi Berik Imashevning prezidentlik guvohnomasini taqdim etishi ortidan nutq so’zlagan Toqayev, Qozog’istonning strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarining yo’lga qo’yilishi ustida ish olib borishini, sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning strategiyasini yo’lga qo’ymoqchi ekanligini ifoda etdi.

Toqayev qozog’istonlik tadbirkorni qo’llab-quvvatlashini, mamlakatga sarmoyalarni jalb qilish va ularni himoya qilish niyatida ham ekanligini esaltib o’tgan holda tadbirkorlikni rag'batlantirish va o'rta sinfni tashkil etmoqchi ekanligini qayd etdi va bu borada, “Bundan maqsad xalqning birligini ta'minlash va har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilishdir” dedi.

Toqayev shuningdek, jamiyat va hokimiyat o'rtasidagi muloqotning rivojlanishi masalasining xalqni tashvishga solganligini, bunday muloqatning ko’pchilikka tayanishi kerakligini ta’kidlagan holda, jamiyatning barcha qatlam vakillari o’rin oladigan “Milliy ijtimoiy Ishonch Kengashi” tashkil etish haqida qaror qabul qilganligini qayd etdi.

Hukumatning xalqqa bergan va'dalarini bajarishi kerakligini eslatib o’tgan Toqayev, “Xalq ittifoqi va mamlakatning barqarorligini shundagina ta’minlashimiz mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Toqayev Qozog’istoning dunyoda o’z o’rnini topganligini, xalqaro ishlarda ishonchli sherik sifatida tanilganligini belgilab o’tgan holda, “Konstruktiv, muvozanatli va ko'p qirrali tashqi siyosat kuzatishni davom ettiramiz. Xalqaro maydonda milliy manfaatlarni qat'iy himoya qilamiz” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki Qozog’istonda 9-iyun kuni bo’lib o’tgan saylovda 70,96 foiz ovoz bilan g’alaba qozongan Toqayev endi mamlakatni keyingi 5 yil davomida boshqaradi.

 



Aloqador xabarlar