O'zbekistondan Xabarlar 23-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig`iga binoan 30 may kuni asosan ayollar va bolalardan iborat 156 nafar O’zbekiston vatandoshi Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan maxsus aviareys bilan Toshkent shahriga olib kelindi.

O'zbekistondan Xabarlar 23-qism

 

 

O'tgan xaftada O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga ilk bor amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa kengashi prezidenti Donald Tuskni qabul qildi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda asosiy e`tibor iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiyalar, transport, fan, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga qaratildi.

Mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar Yevropa biznesining yetakchi vakillari O'zbekistonda yanada keng faoliyat yuritishlari, O`zbekistonga eng yangi texnologiyalar, ilg`or tajriba va yuksak standartlarni faol jalb qilish uchun imkoniyatlar ochayotgani alohida ta`kidlandi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha yangi strategiyasiga muvofiq mintaqada o`zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta`kidlandi.

Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk O`zbekistonning Orol dengizi havzasidagi ekologik halokatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasidagi amaliy sa`y - harakatlariga yuksak baho berdi, Orolbo`yi mintaqasi uchun ko`p sheriklik asosidagi trast fondi doirasida faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar, jumladan, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida butun mintaqa barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta`minlash yo`lida keng ko`lamli sheriklikni yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida tomonlarning intilishi qat`iy ekani ta`kidlandi.

      

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida prezidentlar qutlug' Ramazon hayiti munosabati bilan bir - birlarini va qardosh xalqlarni qizg`in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o`rtasida do`stlik, o`zaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yo`nalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida e`tirof etdilar.

Joriy yilning dastlabki to`rt oyida o`zaro savdo aylanmasi hajmi 30 foizga o`sgani, xamkorlikda amalga oshirilayotgan qo`shma loyihalar soni oxirgi bir yarim yil davomida ikki barobarga ko`paygani mamnuniyat bilan ta`kidlandi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Oliy darajadagi o`zbek - turk strategik hamkorlik kengashi ilk yig`ilishiga puxta tayyorgarlik ko`rish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda Hukumatlararo qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazishga kelishib oldilar.

Do`stona va samimiy tarzda kechgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

     

156 nafar O’zbekiston vatandoshi, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan mamlakatga qaytarildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig`iga binoan 30 may kuni asosan ayollar va bolalardan iborat 156 nafar O’zbekiston vatandoshi, Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan maxsus aviareys bilan Toshkent shahriga olib kelindi.

Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda, "Mehr" deb nomlangan mazkur insonparvarlik operatsiyasi doirasida "Aldov oqibatida o`zga yurtga borib qolib, og`ir hayotiy davrni boshidan o`tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatiladi", - deyiladi.

Xabarda aytilishicha, ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta`lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta`minlash choralari ko`riladi.

 

Turkiyaning O'zbekistondagi Favquloda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayyo Er Toshkentda iftor berdi.

İftorda O'zbekiston Musulmonlari Diniy İdorasi Raisi O’rinbosari Ibrohim Inomov, O'zbekiston hukumati rasmiylari, chet el diplomatik missiyasi raxbarlari va mamlakatda diniy jamoalarning vakillari, Turkiyalik tadbirkorlar va ko'plab mehmonlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Musulmonlari Diniy İdorasi Raisi O’rinbosari Ibrohim İnomov va Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasi Diniy Xizmatlar Maslahatchisi İbrohim Gemiji tomonidan qilingan duolarda, ikki davlat o'rtasidagi yaqin munosabatlar kelgusida xam davom etishi niyat qilindi.

Elchisi Er, iftor nixoyasida qilgan ma'ruzasida, muborak Ramazon oyini birinchi marta O'zbekistonda o’tkazayotganini aytar ekan, Turk-İslom dunyosi uchun ko'plab olimlar va ulamolar tug’ilib o’sgan, buyuk tarixga ega qardosh mamlakatda ishlashdan baxtiyor ekanligini ta’kidladi.

Elchi Er, bugungi kunda O'zbekistonda katta o'zgarishlar ro’y berayotganini ta'kidlar ekan, O'zbekistonning o'z xalqining farovonligini oshirishga va Markaziy Osiyoda tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan say - harakatini yuksak baholadi.

Elchi Er, jumladan shunday dedi:

“Men muqaddas Ramazonni bu yil ilk marotaba O'zbekistonda O'zbek aka-singillarimiz orasida o'tkazishdan bag'oyat baxtiyorman. Turkiya ve O'zbekiston bir madaniyat, tarih va sivilizatsiyaning parchalaridir. O'zbekiston tarihida ko'plab ilg'or Turkiy va İslomiy olimlar, sanatkorlar, fan va davlat arboblari yetishgan. Bunday tarihiy me'rosga ega qardosh yurtda xizmat qilayotganimiz uchun o'zimizni omadli deb bilamiz.

Biroq, nafaqat o'tmish balki bugungi kunda xam bu yerda ko'plab muhim voqealar yuz berib, O'zbekistonni har doimgidan xam hayajonliroq qilmoqda. O'zbekistonda ulkan o'zgarishlar yuz berib, xalq farovonligini oshirish, Markaziy Osiyoda tinchlik va xamkorlikni mustahkamlash, Afg`onistonda vaziyatni barqaror qilishga yordam berish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlarni barcha xalqaro xamjamiyat diqqat va e'tirof bilan kuzatib borayotganiga ishonaman. Biz xam birgalikda bu tarihiy davrda guvoh bo'lmoqdamiz.”

        

 


Tanlangan kalimalar: O'zbekiston , Shavkat Mirziyoyev , Turkiya

Aloqador xabarlar