O'zbekistondan xabarlar 22-qism

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 2019-yilning 27-29-may kunlari rasmiy tashrifi bilan mamlakatimizda bo'ldi.

O'zbekistondan xabarlar 22-qism

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 2019-yilning 27-29-may kunlari rasmiy tashrifi bilan mamlakatimizda bo'ldi.

Shtaymayer 27-may kuni O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Germaniya institutlari vakillari bilan uchrashdi.

28-may kuni Koʻksaroy qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o`tkazdi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar ko`rib chiqildi.

Oliy darajadagi muzokaralar anʼanaviy doʻstlik, ochiqlik va oʻzaro anglashuv ruhida oʻtdi, uning yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar belgilab olindi.

O`zbekiston va Germaniya prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Ommaviy axborot vositalari uchun o`tkazilgan brifingda prezidentlar muzokaralar an`anaviy do`stlik, ochiqlik va o`zaro anglashuv ruhida o`tgani, muhim kelishuvlarga erishilganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev, joriy yil yanvar oyida Berlin shahrida o`tgan uchrashuvning mantiqiy davomi bo`lgan bugungi muzokaralar natijalaridan to`la mamnun ekanligini aytar ekan, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo`nalishlari – siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ko`plab sohalarga doir masalalar atroflicha ko`rib chiqilganligini, O`zbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yo`nalishlar va vazifalar belgilab olinganligini ta’kidladi.

Shtaynmayer. uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohotlarning istiqbollari hamda ushbu yangilanishlar O`zbekiston-Germaniya munosabatlariga bag`ishlagan yuqori sur`at batafsil muhokama qilinganini bildirdi.

Frank-Valter Shtaynmayer shuningdek O'zbekiston – Germaniya ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi ish forumida xam qatnashdi.

Toshkentdagi Gyote institutida ham boʻlib, ushbu muassasa oldidagi maydonda bunyod etilgan Gyote haykali va bogʻi ochilish marosimida qatnashdi.

Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazmga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi xamda Xiva shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.         

Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 29 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Toshkent aeroportida Aripov va Medvedyev o’rtasida qisqa uchrashuv bo’lib o’tdi.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Medvedyev bugun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O`zbekiston – Rossiya qo`shma komissiyasining birinchi yig`ilishida ishtirok etadi.

İkki davlat o’rtasidagi hamkorlikning xozirgi xolati va kelajagi bilan bog’liq masalalar muxokama qiinadiggan yig`ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.         

O`zbekiston va Afg`oniston 82 million dollarlik shartnoma va bitimlarni imzoladi.

Termiz shaxrida O`zbekiston-Afg`oniston biznes forumi bo`lib o`tdi.

İkki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan forumda 82 million dollarlik eksport shartnomalari va bitimlarni imzoladi.

Bu xaqda O’zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

60 dan ortiq afg`on kompaniyasi vakillari ishtirok etgan biznes forum doirasida Afg`oniston delegatsiyasi bilan o`tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda chegaraoldi savdo zonasi yordamida o`zaro savdo aloqalarining o`sishini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Biznes forumda imzolangan hujjatlar doirasida O`zbekiston Afg’onistonga neft-kimyo, to`qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beradi.

Biznes forum doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi Termiz kargo eksport markazida «O`zbekiston — Afg`oniston» chegaraoldi savdo zonasi ochildi.

Chegaraoldi savdo zonasida bojxona terminali, mehmonxona, restoran va xizmat ko`rsatish shoxobchalari tashkil etildi.

         

 


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbeksiton

Aloqador xabarlar