Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “o‘zbek do‘stlari”ni tilga oldi

“Ko‘nglimiz bir – dasturxonimiz bir” (#GönlümüzBirSoframızBir) xeshtegi ostida nashr qilingan postga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi nodir tarixiy yodgorliklar tasvirlari aks etgan videorolik ham ilova etilgan.

Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “o‘zbek do‘stlari”ni tilga oldi

Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “o‘zbek do‘stlari”ni tilga oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida “Buxoro, Samarqand kabi qadim shaharlari ila buyuk bir madaniyatning meroschisi — O‘zbekistonda TIKA’ning iftor dasturxonlarida mehmon bo‘lgan o‘zbek do‘stlarimizning butun Turkiyaga salomlari bor!” mazmunidagi post qoldirdi.

 “Ko‘nglimiz bir – dasturxonimiz bir” (#GönlümüzBirSoframızBir) xeshtegi ostida nashr qilingan postga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi nodir tarixiy yodgorliklar tasvirlari aks etgan videorolik ham ilova etilgan.

Rolikda Turkiya prezidenti aytgan Erkin Vohidovning “O‘zbegim” she’ridan parcha, mamlakat tinch-totuvlikda yashayotgan turli millat vakillarining O‘zbekiston — Turkiya do‘stligiga oid fikr-mulohazalari, qardosh turk xalqiga yo‘llagan Ramazon oyi tabriklari joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya prezidentining Twitter’dagi sahifasi 6 million 617 ming, Facebook’dagi sahifasi esa 1 million 787 ming nafar mushtariyga ega.


Tanlangan kalimalar: Do'stlik , O'zbekiston , Turkiya

Aloqador xabarlar