O'zbekistondan xabarlar 21-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 21-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston va Xalqaro valyuta jamg`armasi o`rtasidagi amaliy muloqot va o`zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017 yilning sentyabrida Nyu-York shahrida va joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o`tgan ikki tomonlama muzokaralar samarali hamkorlikni yo`lga qo`yish va yanada kengaytirishga xizmat qilgani ta`kidlandi.

Bugungi kunda jamg`arma O`zbekistonda ilg`or xalqaro tajriba va bilimlar asosida keng miqyosli islohot va yangilanishlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim sheriklardan biri ekani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Xalqaro valyuta jamg`armasining hamkorligi istiqbollari batafsil muhokama qilindi va bu boradagi ustuvor yo`nalishlar belgilab olindi.

Pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, monetar siyosatning samarali vositalarini joriy etish, mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda boshqa yo`nalishlarda faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

O`z navbatida, XVJ boshqaruvchi direktori Kristin Lagard, O`zbekistonga tashrif bilan kelish taklifi hamda ko`rsatilayotgan samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi.

Kristin Lagard jamg`arma O`zbekistonda barcha tarmoq va yo`nalishlarni qamrab olgan holda faol amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashini alohida ta`kidladi.

O`zbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qo`shnichilikni mustahkamlash va o`zaro ishonchni oshirish, mintaqaviy savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa`y-harakatlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg`armasi mamlakatda samarali islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlashga har tomonlama ko`maklashishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

          22 may kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Hindiston, Pokiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori ishtirokida Bishkek shahrida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan tashkilotga a`zo davlatlar rahbarlarining bo`lajak majlisiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar.

Vazirlar majlis kun tartibi, Sammitda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, jumladan a`zo davlatlar rahbarlarining Bishkek deklaratsiyasi loyihalarini ko`rib chiqdilar, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibining Kotibiyatning o`tgan yil davomidagi faoliyati to`g`risidagi hisobotini tingladilar.

Majlis doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kuni Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilindi.

          O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev o'tgan xaftada Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining amaldagi raisi, Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Slovakiya Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarini, shuningdek O`zbekistonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan o`zaro hamkorligini, shu jumladan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Tomonlar O`zbekiston va Slovakiyaning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek parlamentlararo muloqotni faollashtirishda ikki tomonlama hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligini ta`kidladilar.

O`zbekistonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi to`la huquqli a`zosi sifatida ishtirok etishi muhimligi ta`kidlandi.

Uchrashuvda shuningdek Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va uning institutlari bilan hamkorlik turli darajalarda amalga oshirilishi va keng ko`lamdagi masalalarni qamrab olishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bundan buyon ham O`zbekistoning Slovakiya Respublikasi, shuningdek Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamkorligining mavjud salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha sa`y-harakatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.

          Kavkaz universitetlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Ta'lim yarmarkasi O'zbekiston poytaxti Toshkentda bo'lib o'tdi.

Kavkaz universitetlari assotsiatsiyasiga a'zo universitetlari ishtirokida o'tkazilgan yarmarkaga Turkiyaning 30 ga yaqin universitetlari rektor va rahbarlari, olimlar va ko'p sonli O'zbek talabalar ishtirok etdi.

Yarmarkaning ochilishida so'zga chiqqan Kavkaz universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti Ramazan Korkmaz, bu yarmarkani o'tkazishdan maqsad, Turkiya va O'zbekiston o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va yanada rivojlantirishga hissa qo'shish ekanini ta'kidladi.

Korkmaz, Kavkaz universitetlari assotsiatsiyasiga 14 mamlakatdan 162 ta universitet a'zo ekanini aytar ekan, bu tadbir doirasida O'zbekistondan xam ikki universitetning Kavkaz universitetlari assotsiatsiyasiga qo'shilishini bildirdi.

Yarmarkada so'z olgan Turkiyaning O'zbekistondagi Favquloda va muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er, O'zbekistonda 102 ta oliy o'quv yurti faoliyat ko'rsatishini eslatib,  o'tgan hafta Turkiya Prezidenti tomonidan imzolangan farmon bilan Buxoroda Sog'liqni saqlash xizmatlari oliy maktabi tashkil etilishi uchun birinchi qadam tashlanganligini ta'kidladi.

Sureyya Er, yaqin kelajakda, Turkiya universitetlari, O'zbekistonda o'z bo'limlarini ochishiga umid qilishini ma'lum qildi.

Yarmarkada so'zga chiqqan O'zbek Tili va Adabiyoti Universiteti rektori  Shuxrat Sirojiddinov, mazkur yarmarkaning ikki davlat o'rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishini aytar ekan, shuningdek O'zbek talabalar uchun Turkiya universitetlari bilan yaqindan tanishish uchun katta imkoniyat ekanligiga urg'u berdi.

Sirojiddinov, jumladan shunday dedi:

         

 


Tanlangan kalimalar: Yangiliklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar