Turk kengashi qoshida “Turk Savdo va sanoat palatasi” tashkil topdi

Turkiya, Qozog’iston, Ozarbayjon va Qirg’iziston o’rtasida, “Turk Savdo va sanoat palatasi” tashkil topdi.

Turk kengashi qoshida “Turk Savdo va sanoat palatasi” tashkil topdi

Turkiya, Qozog’iston, Ozarbayjon va Qirg’iziston o’rtasida, “Turk Savdo va sanoat palatasi” tashkil topdi.

Turk kengashi qoshida Turk Savdo va sanoat palatasining tashkil topishi haqidagi shartnomaga, Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda navbatdagi “Ostona Iqtisodiy forumi” doirasida uyushtirilgan “Turkiya Ish kengashi yig'ilishi”da qo’l qo’yildi.

Turk kengashi Bosh kotibi Bagdat Amreyev yetakchiligida bo’lib o’tgan qo’l qo’yish marosimida Qozog’iston Bosh vaziri Askar Mumin, Turkiya Palatalar va birjalar uyushmasi raisi Rifat Hisarjiklio’g’lu, Qozog’istondagi “Atameken” nomidagi Milliy tadbirkorlar palatasi raisi Abilay Mirzahmetov, Ozarbayjon Milliy tadbirkorlar Konfederatsiya tashkilotlari raisi Mamad Musayev bilan Qirg’iziston Palatalar va birjalar uyushmasi raisi o’rinbosari ishtirok etdi.

Turk Savdo va sanoat palatasi, Turk kengashi tarkibidagi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bilan o’zaro savdo-sotiq faoliyatlarini orttirishni ko’zda tutmoqda.



Aloqador xabarlar