O'zbekistondan xabarlar 20-qism

9 May kuni O'zbekistonda Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan turli tadbirlar bo`lib o`tdi.

O'zbekistondan xabarlar 20-qism

9 May kuni O'zbekistonda Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan turli tadbirlar bo`lib o`tdi.

Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo`ydi va tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Mirziyoyev shunindek Toshkent botanika bog`ida bo'lib o'tgan Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Toshkent botanika bog`ida Xotira va Qadrlash kuniga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so'zladi.

Mirziyoyev nutqida, qatnashchilarni ikkinchi jahon urushida erishilgan G`alabaning 74 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etdi.

Mirziyoyev, G`alabaga beqiyos hissa qo`shgan insonlarni yod etib, shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko`rsatgan barcha faxriylarga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyev jumladan shunday dedi:

"O`zbekistonlik 120 mingdan ziyod askar va ofitser jang maydonlaridagi jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlandi. Ularning orasida 280 nafar Sovet Ittifoqi Qahramoni, 82 nafar uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo`lgan jasur insonlar borligini alohida ta`kidlash lozim.

O`sha olovli yillarda O`zbekiston frontning mustahkam ta`minot bazasiga aylandi."

 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Amerika Qo`shma Shtatlarining Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoev Missisipi shtati administratsiyasi, etakchi tashkilotlari hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo`jaligi va ta`lim sohalaridagi kompaniyalari vakillaridan iborat AQSh delegatsiyasini samimiy qutlar ekan, tashrif O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari o`rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri doirasida faol muloqot olib borilayotgani va ko`p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta`kidladi.

O`z navbatida, gubernator Filipp Brayant samimiy mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirib, davlat rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda turli darajalarda aloqalar sezilarli faollashgani, o`zaro savdo hajmi ikki barobar ortgani, investitsiyalar, agrar majmua, sanoat, transport, turizm va gumanitar almashinuv sohalarida hamkorlik bo`yicha qo`shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zbekiston bilan Missisipi shtati o`rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil ko`rib chiqildi. Qishloq xo`jaligi, biotexnologiyalar va agrokimyo, o`simlikshunoslik, chorvachilik va baliqchilik, to`qimachilik va logistika sohalarida, avvalo, AQShning ilg`or texnologiya va bilimlarini joriy etish asosida zamonaviy klasterlar va ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Aniq loyiha va dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish bo`yicha ikki tomonlama komissiya faoliyatini yo`lga qo`yish xususida kelishuvga erishildi.

AQSh delegatsiyasi a`zolari O`zbekistonda sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, barcha soha va yo`nalishlarni qamrab olgan islohotlarning natijadorligiga yuksak baho berdi. Idoralararo muloqotlarni faollashtirish va qo`shma tashabbuslarni qo`llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarning O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko`lamli hamkorlikni

 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaning "Rosatom" atom energiyasi bo`yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Uchrashuvda Mirziyoyev, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi O`zbekiston-Rossiya o`zaro manfaatli hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda qabul qilingan "yo`l xaritasi" asosida AES qurilishi loyihasini sifatli tayyorlash va amalga oshirishni ta`minlash bo`yicha hamkorlikni davom ettirish masalalari ko`rib chiqildi. Mamlakatimizda yangi tarmoqni rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e`tibor qaratildi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi. Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida erishilgan kelishuvlarni o`z vaqtida va keng ko`lamda amalga oshirish borasidagi intilish qat`iy ekani ta`kidlandi.

Ma'lumki, 2020 yilda qurilishi boshlanishi mo'ljallangan atom stansiyasini Rossiyaning "Rosatom" davlat atom energiyasi kompaniyasi tomonidan 11 milliard dollarga qurilishi rejalashtirilgan. Ҳar biri 1200 megavatt quvvatga ega bo'ladigan ikkita energoblokdan iborat stansiyaning 2028 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

         

 


Tanlangan kalimalar: Yangiliklar , So'nggi , O'zbekiston

Aloqador xabarlar