Suriyadan evakuatsiya qilingan qozog’istonlik 231 fuqarodan 20 nafari qo’lga olindi

Ular DEASh terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Qo’lga olingan 20 kishidan 4 nafari ayol kishi.

Suriyadan evakuatsiya qilingan qozog’istonlik 231 fuqarodan 20 nafari qo’lga olindi

 

O’tgan hafta Suriyadan keltirilgan qozog’istonlik 231 fuqarodan 20 nafari DEAShga aloqadorlikda gumon qilinib qo’lga olindi. Qo’lga olinganlar orasida ayollar ham bor.

Qozog’iston milliy xavfsizlik qo’mitasi vakili Baxitbek Rahimberdiyev matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, shu yilning 7 va 9-may kunlari Qozog‘istonning 231 nafar fuqarosi Suriyadan evakuatsiya qilindi. Suriyadan evakuatsiya qilingan 231 kishidan 20 nafari qo’lga olindi. Ular DEASh terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Qo’lga olingan 20 kishidan 4 nafari ayol kishi.

Terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib qo’lga olinganlar Nur Sulton, Atirau, Aqto’be, Uralsk, Karaganda va Chimkent shaharlaridagi tergov izolyatorlariga yuborilgan.

Ushbu shaxslar o’z xohshi bilan vataniga qaytgan bo’lib, ba’zilari jazosini tortishga ham rozi ekanligini ma’lum qilishgan.

Suriyadan evakuatsiya qilingan qozog‘istonliklarning 156 nafari asosan maktabgacha yoshdagi bolalar. Ular orasida 18 nafar yetim ham bor.

Keltirilgan 55 ayol va 156 bolaga nisbatan davlat idoralari va nohukumat tashkilotlari tomonidan reabilitatsiya bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgan. Tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. Ular hozircha 1 oylik muddatga maxsus reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Ushbu ayollarning terror tashkiloti safiga qo’shilib yoki qo’shilmaganligi tekshirilmoqda. Agar tekshiruvlar natijasida biron shubhaga hojat bo’lmagan taqdirda, ayollar farzandlari bilan birga oilasi bag’riga qaytariladi.

Joriy yil yanvar oyida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ko‘rsatmasiga binoan “Jusan” operatsiyasi amalga oshirilgan edi. Operatsiya natijasida Suriyadan 47 nafar qozog‘istonlik vataniga keltirilgan edi. Bulardan 30 nafari yosh voyaga yetmagan bolalarni tashkil qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: DEASh , evakuatsiya , Suriya , Qozog'iston

Aloqador xabarlar