O’zbekiston prezidenti davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.

O’zbekiston prezidenti davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

 

 

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun imzolandi. 

Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik bu davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi hisoblanadi.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.

Qonun bilan davlat-xususiy sheriklik taraflarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat organi (tashkiloti) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yuridik shaxs tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.

Davlat sherigi tender yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha aniqlanadigan xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadi.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerak.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning taraflari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgar bo‘ladi.

Ushbu Qonun bir oydan so‘ng kuchga kiradi.



Aloqador xabarlar