O'zbekistondan xabarlar 19-qism

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 19-qism

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-majlisida qatnashish doirasida  Toshkentga kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuqori sur`at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O`z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda tomonlarning siyosiy irodasi va oliy darajadagi faol muloqot o`zaro hamkorlikni kengaytirish, uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani ta`kidlandi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shangxay Xamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari va Afg`onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.

Sergey Lavrov Rossiya O`zbekistonning Afg`onistondagi vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirishga ko`maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi faol sa`y-harakatlariga yuksak baho berishi va ularni qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida mamlakatlar xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot yo`lida do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qat`iy intilishlari alohida ta`kidlandi.

 

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl bin Muhammad Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev uchrashuvni ochar ekan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekistonga kelgan Birlashgan Arab Amirliklarining qator vazirlik va idoralari, etakchi investitsiya, moliya, logistika, qurilish va boshqa kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiyani samimiy qutladi.

O`z navbatida, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl Mazruiy amirliklar delegatsiyasi nomidan Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oliy raxbariyatining salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda joriy yil mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida o`tkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar do`stlik va sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi oylarda bo`lib o`tgan yuqori darajadagi delegatsiyalar almashinuvi erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirishning aniq yo`nalishlari va birinchi galdagi chora-tadbirlarini belgilab olish imkonini bergani ta`kidlandi.

Uchrashuvda O`zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni, jumladan, elektr stantsiyalarini qurish va modernizatsiya qilish, yangi konlarni o`zlashtirish va uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlashni kengaytirish, zamonaviy kimyo sanoati va agrosanoat korxonalari, logistika markazlarini tashkil etish, mamlakat hududlarida infratuzilmani rivojlantirish va boshqa qo`shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

İqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan samarali islohotlarni amalga oshirishda tajriba almashish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish muhimligi ta`kidlandi.

Mehmonlar O`zbekistondagi davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan keng ko`lamli islohotlarni, shuningdek, hamkorlik uchun mavjud katta imkoniyatlarni yuksak baholadilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo`lida ko`p qirrali munosabatlarni izchil rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi intilish qat`iy ekani ta`kidlandi.

        

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari Toshkentda o`zbekistonlik talabalar uchun mehnat yarmarkasi o`tkazdi.

O'tgan xaftada Toshkentda oliy ta`lim muassasalarining bitiruvchi talablari uchun Turkiyaning yetakchi tashkilotlaridagi bo`sh ish o`rinlari bilan tanishish imkoniyatini beruvchi “TALENT for BIZ” mehnat yarmarkasi bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari Sharof Rajabboev, Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mexmet Sureyya Er, Turkiya prezidenti devoni inson resurslari boshqarmasi boshlig`i Salim Atay, shuningdek, Turkiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari, bitiruvchi talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti devoni Inson resurslari boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur yarmarkada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari o`z ish faoliyati, qabul jarayoni aks etgan stendlar bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida kompaniyalar vakillari va o`zbekistonlik talabalar o'rtasida yuzma-yuz ish muloqotlari bo'lib o'tdi, shuningdek kompaniyalar vakillari ishga kiruvchilarning arizalarini qabul qildi.

Tadbirning ochilish marosimida nutq so'zlagan Salim Atay, bundan avval Germaniya ve Angliyada o'tkazilgan ko'rgazmaning uchinchisining Toshkentda o'tayotganini aytar ekan, geografik jixatdan uzoqda joylashgan bo'lsalar xam shu tuproqlarga oid ekanliklarini, shu yerlardan ketganliklarini hech qachon unutmaganliklarini ta'kidladi.

Atay, Turkiya Respublikasining hozirgi kunga qadar biriktirgan muhim texnologiya va ilmiy tajribalari va Turk kompaniyalari bilan birga O'zbekistonga tashrif buyurganliklarini bildirdi.

O'zbekiston İnnovasiyon Rivojlanish Vaziri O'rinbosari Sharof Rajabboyev, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Turkiya bilan munosabatlarning rivojlanib borayotganini aytar ekan, chuqur tarixga ega O'zbekiston-Turkiya munosabatlarining oxirgi yillarda yangi bosqichga chiqqanligini qayd etdi.

Rajabboyev, Turk tadbirkorlari bugungi kunda barcha sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganini ta'kidlab, "Turk hamkorlarimiz mahalliy va boshqa mamlakatlar ishbilarmonlariga namuna bo'la oladi" dedi. Rajabboyev, tadbirda jumladan shunday dedi:

         

 



Aloqador xabarlar