O’zbekistondan xabarlar 17-qism

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo`l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo`ldi.

O’zbekistondan xabarlar 17-qism

 

 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo`l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo`ldi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan uchrashib mamlakatlar o'rtasidagi hamkorligining yangi istiqbollarini muxokama qildi.

Mirziyoyev shuningdek Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Emomali Raxmon, Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo`mitasi raisi Li Chjanshu bilan xam uchrashuvlar o`tkazdi.

Prezident Mirziyoyev “Bir makon, bir yo`l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so`zladi, Mirziyoyev nutqida, Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, “yashil iqtisodiyot” orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar bo`yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Mirziyoyev, Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etish umumiy vazifa ekanini ta`kidlar ekan, sheriklarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolbo`yi mintaqasi uchun  Trast fondi hamda Orolbo`yi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi faoliyatida ishtirok etishga chaqirdi.

Turizm sohasida almashinuvlarni rivojlantirish, buning uchun “Ipak yo`li” brendi ostida qo`shma dastur va mahsulotlarni ilgari surish bo`yicha dolzarb takliflar bildirgan Mirziyoyev, Afg`oniston masalasiga ham e`tibor qaratib, ushbu mamlakatda tinchlik o`rnatilishi Markaziy va janubiy Osiyoda yangi taraqqiyot manbalari yaratishini ta`kidladi.

    

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarining kengayishi va mustahkamlanishida, turli sohalardagi serqirra hamkorlikning rivojlanishida kuzatilayotgan barqaror ijobiy tendentsiyani katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat chog`ida ilgari erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini to`liq ishga solish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ko`rib chiqishga alohida e`tibor qaratdilar. Xususan, Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston temir yo`lini qurish loyihasini amalga oshirish muhimligi va iqtisodiy dolzarb ekani ta`kidlandi.

Tomonlar ushbu loyihaning barcha ishtirokchilari o`rtasida o`zaro anglashuv mavjudligini va ular bo`lajak hamkorlikka tayyor ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Telefon muloqotida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot so`ngida davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz farovonligi va manfaatlari yo`lida hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi an`anaviy do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qat`iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O`zbekistonda bo`ldi.

Tashrif doirasida Ko`ksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv o`tkazgan Mun Chje In va Shavkat Mirziyoyev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyalar a`zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Koreya Respublikasi o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokarada mazkur sohalardagi yangi imkoniyatlar, ularni hayotga tatbiq etish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi. Iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari, mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida korxonalar tashkil etish, elektron hukumatni rivojlantirish, innovatsion va ijtimoiy sohalar bo`yicha kadrlar tayyorlashni davom ettirishga kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In O`zbekiston bilan Koreya Respublikasi o`rtasida alohida strategik sheriklik to`g`risidagi qo`shma deklaratsiyani imzoladi.

Hukumat va vazirliklar o`rtasida investitsiyalarni rag`batlantirish va o`zaro himoya qilish, tinch maqsadda fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, sog`liqni saqlash sohasida hamkorlik bo`yicha O`zbekiston — Koreya markazini tashkil etishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Tashrif doirasida umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo`yicha bitimlarga kelishib olindi.

Ommaviy axborot vositalari uchun o`tkazilgan brifingda Shavkat Mirziyoyev, ikki davlat o'rtasidagi xamkorlik tobora kengayib borayotganini aytar ekan, "Muloqotlarimiz O`zbekiston bilan janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga to`la mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash masalalari bo`yicha pozitsiyalarimiz yaqin ekanini namoyish etdi. Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklik to`g`risidagi qo`shma deklaratsiya davlatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko`tarilganini ko`rsatadi” deye ta'kidladi.

Brifingda Mirziyoyev jumladan shunday dedi:

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurib, mamlakat parlamenti a`zolari oldida nutq so`zladi, shuningdek Shavkat Mirziyoev bilan birgalikda O`zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumida ishtirok etdi.

Mun Chje In O'zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahriga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoev xamroxligida tarixiy obidalarni tomosha qildi.

        

 


Tanlangan kalimalar: Shavkat Mirziyoyev , O'zbekiston

Aloqador xabarlar