Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri 141 yilligini keng nishonladi

Bishkek shahrining 141 yilligi munosabati bilan shahardagi “Ala-Too” maydonida turli bayram dasturlari o’tkazildi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri 141 yilligini keng nishonladi

 

Kecha, 29 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri o’zining 141 yilligini keng nishonladi.

Bishkek shahrining 141 yilligi munosabati bilan turli bayram dasturlari o’tkazildi.

Bishkek Qirg‘iziston poytaxti va ayni paytda mamlakatning eng yirik shahri hisoblanadi. Shahar nomi Sovet Ittifoqi davrida  “Frunze” deb atalgan. Qirg’iziston xalqi mustaqillikka erishgach, 1991 yili poytaxt nomi “Bishkek” deb o’zgartirilgan.

“Bishkek” - Turkistondan Xitoygacha davom etgan Buyuk Ipak yo’lida qirg’iz qabilalarining o’z tuproqlariga qaytishini ta’minlagan qirg’iz qahramonining nomidir.

Xozirda to‘rtta tumandan tashkil topgan shahar aholisi 1 mlndan oshganligi aytiladi.

Bishkekning tavallud kuni munosabati bilan shahar bo‘ylab 19 aprel kunidanoq turli madaniy-sport tadbirlari o’tkazila boshlagan edi.

Raqs namoyishlari, ko’rgazmalar va sport musobaqalari tashkil etildi. Shu bilan birga, shahardagi  “Ala-Too” maydonida mahalliy va xorijlik san’atkorlar ijrosida katta konsert dasturilari o’tkazildi.

Konsertga Bishkek meri Aziz Surakmatov, shahar majlisi deputatlari, siyosatchilar va shaharning sobiq hokimlari qatnashib, xalq oldida ma’ruza qildilar.

Konsert dasturiga qo’shni davlat O’zbekistondan mashhur san’atkor Farrox Zokirov va So’g’diyona tashrif buyurdi.

Bayram tadbirlari nafaqat mahalliy xalqda, balki xorijlik sayyohlarda ham katta taassurot qoldirdi.


Tanlangan kalimalar: poytaxt , 141 yilligi , Qirg'iziston , Bishkek

Aloqador xabarlar