O‘zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Joriy yilning 22−27 aprel kunlari O‘zbekistondagi “Forish” tog‘ poligonida Pokiston Respublikasi va Turkiya Respublikalari qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

 

O‘zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

“Forish” tog‘ poligonida Pokiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Joriy yilning 22−27 aprel kunlari O‘zbekistondagi “Forish” tog‘ poligonida Pokiston Respublikasi va Turkiya Respublikalari qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “Forish” poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi.

O’zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadigan Turkiya qurolli kuchlari delegatsiyasi mamlakatga tashrif buyurdi.

Ularni Toshkent aeroportida O’zbekiston Mudofaa vazirligi mutasaddilari kutib olishgan.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27 aprelda o’z nihoyasiga yetadi.

 

 



Aloqador xabarlar