Abdullah Eren: “Bizda ShKTR va kiprlik turklarning alohida o’rni bor”.

Kipr Jamg’armasi idorasi bilan hamkorlikda Shimoliy Kipr Turk Respublikasida, “Yaxshilik festivali” uyushtirildi.

abdullah eren-mustafa akinci.jpg
abdullah eren.jpg
kktc iyilik festivali.jpg
kktc iyilik festivali.jpg

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi rahbari Abdullah Eren kiprlik turklarning tinchligi va ularning Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarining yana-da mustahkamlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishni bajarishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.  

Kipr Jamg’armasi idorasi bilan hamkorlikda Shimoliy Kipr Turk Respublikasida, “Yaxshilik festivali” uyushtirildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi rahbari Abdullah Eren mazkur festival doirasida ShKTRda turli uchrashuvlar o’tkazdi.

Shu doirada ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji bilan uchrashgan Eren, Bosh vazir Tufan Erhurman va Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Kudret O’zersay bilan ham uchrashuvlar o’tkazdi. Unda hamkorlik imkonlari baholanar ekan ayni vaqtda mushtarak faoliyatlar haqida fikr almashildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi rahbari Abdullah Eren dastur doirasida shuningdek ShKTR Jamg’arma idorasiga asos solinishining 448-yilligi va Kiprning Turk qismi idorasining qaytarib olinishining 63-yilligi doirasida Jamg’armalar haftasida uyushtirilgan “yaxshilik” deb nomlangan marosimda ham ishtirok etdi.

Marosimda ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji, festivalga ishtirok etgani uchun Abdullah Erenga minnatdorchilik bildirdi.

Eren, tashrifi masalasiga to’xtalar ekan kiprlik turklarning tinchligi va ularning Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarining yana-da mustahkamlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishni bajarishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.  

Dunyoning to’rt burchagida umr surgan turklar ustidan faoliyat olib borganliklarini eslatib o’tgan Eren o’z so’zini,

“Bizda ShKTR va kiprlik turklarning alohida o’rni bor. Bu vaziyat ham Turkiya, ham tashqi siyosat, ham yetakchiligimiz faoliyatlarida ham o’zgarmaydi. Shuning uchun ham ShKTRni mazkur ‘Yaxshilik festivali’da yolg’iz qo’yishni xohlamadik. Kelasi jarayonda kiprlik turklar uchun alohida o’rin ajratamiz. Ularning tinchligi va Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarining yana-da mustahkamlanishi uchun qo’limizdan kelgan barcha ishni bajarishga tayyormiz. Yana-da ajoyib loyihalar bilan ShKTRda bo’lishlikni davom ettiramiz” deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar