Turkiya o’zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida

Toshkentda “Turkiya o’zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” mavzusida fotoko‘rgazma ochildi.

Turkiya o’zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida

O’zbekiston poytaxti Toshkentda “Turkiya o’zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” mavzusida fotoko‘rgazma ochildi.

Toshkent Fotosuratlar uyida uyushtirilgan mazkur ko’rgazmaning ochilishiga Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi Mehmet Sureyya Er, TIKAning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chag’lar, O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va O’zbekistondagi chet el vakolatxonasi vakillari bilan birga ko’pchilik Turkiya va fotoko’rgazma shaydolari ishtirok etdi.  

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati tomonidan ochilgan ko’rgazmada nutq so’zlagan Sureyya Er, O’zbekistonda birinchi marotaba “Turkiya o’zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” mavzusida fotoko’rgazma ochilganligini, ko’rgazmaning ikkala mamlakat xalqlari o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo’shishiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati maslahatchisi Davud Gazi Benli ham, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning oxirgi yillarda jadal rivojlanganligini eslatib o’tgan holda, bu munosabatlarning rivojlanishida, jurnalistlarning ham roli alohida o’ringa ega ekanligini ta’kidladi.

Benli, oxirgi yillarda 30 dan ortiq o’zbek jurnalistning Turkiyaga taklif qilinganligini ham eslatib o’tar ekan, ko’rgazmada o’rin olgan fotosuratlarning o’zbek jurnalistlarning Turkiyaga bo’lgan safari chog’ida tushirilganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Akmal Nur ham o’zbek va turk xalqlarining bitta tilda gaplashgan xalqlar ekanligiga e’tibor qaratgan holda, ko’rgazmaning ikkala mamlakat o’rtasidagi ijtimoiy va madaniy munosabatlarning yana-da rivojlanishiga hissa qo’shajagini qayd etdi.

Mazkur ko’rgazma chog’ida ishtirokchilar turk shirinliklari bilan mehmon qilindi.

 



Aloqador xabarlar