Qozog‘istonning yangi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019-yil 14-aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ladi.

Qozog‘istonning yangi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2019-yil 14-aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.  

Mazkur ma’lumotga ko’ra ikki mamlakat davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevning Qozog‘iston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyingi birinchi uchrashuvidir. 

Tor va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinib, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqchi. 

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan ham fikr almashmoqchi.

Shuningdek davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi va mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Yana O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatining rasmiy veb-saytida qayd etilishicha prezidentlar qo‘shni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan O‘zbekiston yilining mantiqiy davomi bo‘ladigan O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadilar. Mazkur yil tadbirlari Qozog‘iston san’at ustalarining konserti bilan boshlashi aytilmoqda.


 

 



Aloqador xabarlar