Ozarbayjon Armaniston va Rossiya bilan Tog’lik Qorabog’ masalasini qo’lga oladi

Ilhom Aliyev bilan Nikol Pashinyan Venadagi uchrashuvi ortidan tashqi ishlar vazirlariga mavzu haqidagi muzokarani davom ettirishlari uchun eng qisqa vaqt ichida takror uchrashuv o’tkazishlarini buyurgandi.

Ozarbayjon Armaniston va Rossiya bilan Tog’lik Qorabog’ masalasini qo’lga oladi

Ozarbayjon Armaniston va Rossiya bilan Tog’lik Qorabog’ masalasini qo’lga oladi.  

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Memmedyarov Armaniston Tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan bilan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ham ishtirokida 15-aprel kuni Rossiya poytaxti Moskvada uchrashuv o’tkazadi.  

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 29-mart kuni Avstriya poytaxti Venada uchrashuv o’tkazar ekan ortidan liderlar tashqi ishlar vazirlariga mavzu haqidagi muzokarani davom ettirishlari uchun eng qisqa vaqt ichida takror uchrashuv o’tkazishlarini buyurgandi.  

Tog’lik Qorabog’ masalasi

Tog’lik Qorabog’ qonuniy ravishda Ozarbayjon chegarasida joylashgan lekin Armaniston tomonidan ishg'ol ostida tutilmoqda.

Sovet ittifoqining 1991-yili tarqashi bilan birga Janubiy Kafkaz mintaqasidagi respublikalar o’z mustaqilligini e’lon qildi. Ortidan esa mintaqadagi ikkita mustaqil davlat o’rtasida qonli urush boshladi.

Armaniston bu jarayonda Tog’lik Qorabog’ va atrofi doxil Ozarbayjon tuprog’ining 20 foizini ishg’ol qildi. Rossiyaning o’rtamchiligi bilan 1994-yili o’q uzishni to’xtatishga kelishib olindi lekin bunga qaramay taranglik bugungi kungacha davom etib kelmoqda.

Vaqti-vaqti bilan o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinmay, mahalliy to’qnashuvlar davom etgan hudud Kavkaz tuproqlarining muammoli maydoniga aylandi.

Undan tashqari Yevropaning Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi ham bir necha marotaba o’rtamchilik qilganiga qaramay Tog’lik Qorabog’ muammosi haligacha hal qilinmadi. To’g’rirog’i uchrashuvlar konkret natija bermadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Ozarbayjon , Armaniston , Tog’lik Qorabog’

Aloqador xabarlar