O'zbekistondan xabarlar 14-qism

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1 aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Roland Kobia tarkibidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 14-qism

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1 aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Roland Kobia tarkibidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi ko`p qirrali aloqalarning holati va istiqbollari, jumladan Afg`onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va Orolbo`yi muammosini kompleks hal etishga qaratilgan loyihalarni tatbiq etishdagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.

“Yevropa Ittifoqi vakillari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilm-ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan O`zbekistondagi keng ko`lamli islohotlar jarayoni va ularning dastlabki natijalari yuqori baholandi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda 2019 yilda bo`lib o`tadigan qo`shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo'yicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi delegatsiya shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, Afg‘onistonda siyosiy jarayonni boshlashga ko‘maklashish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari va mazkur yo‘nalishda kutilayotgan hamkorlik, O‘zbekiston Afg‘onistonda amalga oshirayotgan yirik infratuzilma loyihalari, Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘maklashish doirasida ikki va ko‘p tomonlama ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, kadrlar tayyorlashda Afg‘onistonga ko‘maklashish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

O`zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrif vaqtida Samarqandda Afg`oniston hukumati va «Tolibon» harakati o`rtasida muzokaralar o`tkaishni taklif qildi.

31 mart kuni O`zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg`onistonda bo`ldi, deya xabar qildi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O`zbekiston delegatsiyasi Afg`oniston prezidenti Muhammad Ashraf G`ani tomonidan qabul qilindi. Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Afg`onistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi.

Afg`oniston prezidenti tinchlik jarayonini boshlash borasidagi faol ko`magi uchun O`zbekiston tomoniga minnatdorchilik izhor etdi.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishi mavjud holat barqarorlashuvining muhim sharti hisoblanishini va bu jarayonga O`zbekiston salmoqli hissa qo`shayotganini ta`kidladi.

Ashraf G`ani iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikni faollashtirganligi uchun Afg`onistonning O`zbekistondan minnatdorligini bildirdi.

G'ani iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy barqarorlikka zamin yaratishini ham ta`kidladi.

Afg`oniston rahbari, shuningdek, tinchlik muzokaralarini tashkillashtirish maydoni sifatida Samarqand shahrini tanlagani uchun O`zbekiston delegatsiyasiga minnatdochilik bildirdi.

O`zbekistonda Turkiyaning qurilish soxasida faoliyat ko'rsatayotgan firmalari ishtirokida "UzbekBuild-2019" ko'rgazmasi o`z ishini boshladi.

5 aprelga qadar davom etadigan o`zbek-turk ko`rgazmasi Toshkentning DİMAX savdo-ko`rgazma biznes markazida tashkil etildi.

O`zbekiston Qurilish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi hamda bilan xamkorlikda "Boğaziçi İhtisas Fuarcılık limited şirketi" tomonidan qurilish uskunalari, texnikalari va qurilish materiallari namoyish etiladigan "Uzbekbuild-2019" ko`rgazmasini o'z ishini boshladi.

Turkiyaning 30dan ortiq qurilish sohasida faoliyat ko'rsatayotgan kompaniyalari ishtirok etayotgan ko'rgazmada beton va asfalt zavodlari, betonnasoslar, betonaralashtiruvchi transport vositalari, ko`tarma kranlar, ekskavatorlar, greyderlar, yuklash mashinalari, maydalovchi-saralovchi uskunalar, bruschatka va spliter bloklar ishlab chiqaruvchi uskunalar, maxsus qurilish texnikalariga ehtiyot qismlari, qoziqlar (svai)ni uruvchi burg`ilash texnikalari namoyish etilmoqda.

"Uzbekbuild-2019" ko`rgazmasining ochilishi marosimiga O`zbekiston Qurilish vaziri o'rinbosari Baxodir O'roqov, Turkiya jumhuriyatining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mahmud Surayyo Er va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Ko`rgazma doirasida o`zbek-turk tadbirkorlari o`rtasida ikki tomonlama korporativ uchrashuvlar tashkil etiladi.

O'zbekiston Qirilish Vaziri O'rinbosari Erkin İskandarov, ko'rgazma xaqida shunday dedi:

         


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar