O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg'onistonga tashrif buyurdi

O’zbekiston Afg’oniston hukumati bilan “Tolibon” harakati o’rtasida to’g’ridan tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg'onistonga tashrif buyurdi

O’zbekiston Afg’oniston hukumati bilan “Tolibon” harakati o’rtasida to’g’ridan tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Afg’onistonda sulh ta’minlanishi uchun yordam berishga, bu jarayonlarda faol qatnashishga tayyorligini bildirgan.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rasmiy tashrif bilan Afg’oniston poytaxti Kobulga safar qildi.

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasini prezidentlik saroyida qabul qildi.

Ashraf G’ani qabul chog’ida mintaqadagi davlatlar o’rtasida mushtarak hamkorlik faoliyatlarining amalga oshirilishi mintaqada barqarorlikni ta’minlash jihatidan muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.

Shu bilan birga, prezident Ashraf G’ani qo’shni davlat O’zbekistonning mamlakatdagi tinchlik jarayoni uchun ko’rsatayotgan yordamlari sababli minnatdorlik bildirgan.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham “Agar “Tolibon” rozi bo’lsa, Afg’oniston hukumati bilan “Tolibon” o’rtasida to’g’ridan tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga tayyormiz”,-dedi.

O’zbekiston Afg’onistondagi tinchlik jarayonini qo’llab-quvvatlashini ta’kidlagan Abdulaziz Komilov, ayni vaqtda O’zbekiston Afg’oniston bilan iqtisodiy-tijoriy va transport sohalarida aloqalarni yana-da rivojlantirish istagini ma’lum qilgan.

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Kobulga tashrifida O’zbekiston milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Viktor Mahmudov ham hamrohlik qilmoqda.

Shu ta’kidlash joizki, O’zbekiston Afg’oniston bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda. So'nggi yillarda ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy-tijoriy hamkorlik ko’lami ancha ko’tarilgan.



Aloqador xabarlar