Qozog’istonda 13 kishini tashigan vertolyot halokatga uchradi

Qozog’istonda 13 kishini tashigan vertolyot mamlakatning Qizil-O'rda viloyatida halokatga uchrab, yerga quladi.

1172182
Qozog’istonda 13 kishini tashigan vertolyot halokatga uchradi

Qozog’istonda “Mi-8” rusumidagi vertolyotning qulashi oqibatida 13 kishi jon berdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Qozog’iston havo kuchlariga oid 13 kishini tashigan “Mi-8” rusumidagi vertolyotning Qizil-O’rda viloyatida qulaganligi, vertolyotning noqulay havo sharoitiga qaramay ko’tarilganligi qayd etildi.  

Qozog’iston Prezidenti Qasim Jo’mart To’kayev ham ijtimoiy tarmoqda qoldirgan mavzu haqidagi postida,   

“Ekipaj vafot etdi. Tergov ishining boshlatilishi uchun buyruq berdim” dedi.

To’kayev mazkur postida, jon berganlar oilasiga ta’ziya ham izhor etdi.


Tanlangan kalimalar: #Mi-8 , #vertolyot halokati , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar