Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

Ma'lumotga ko‘ra, Vladimir Putin va Sooronbay Jeenbekov Bishkekda Rossiya-Qirg‘iziston mintaqalararo konferensiyasida ishtirok etadilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi.

Ma'lumotga ko‘ra, Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashish maqsadida Bishkekka kelgan.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari Rossiya-Qirg‘iziston mintaqalararo konferensiyasida ishtirok etadilar.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida Vladimir Putin va Sooronbay Jeenbekov Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladi.

Avvalroq, Jeenbekov va Putin Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasining maqomi o‘zgarishini muhokama qilishi ma’lum qilingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar