Tavalludining 125-yilligida Abdulla Qodiriy, Anqarada Turk dunyosi tomonidan yodga olindi

Turk dunyosining buyuk avlodi, O’zbek adabiyotidagi zamonaviy roman san’atining asoschisi, milliy uyg’onish davrining ramziga aylangan yozuvchi va shoir Abdulla Qodiriy, “Turk Dunyosining yo’l boshchilari” nomidagi konferentsiya doirasida yodga olindi.

Tavalludining 125-yilligida Abdulla Qodiriy, Anqarada Turk dunyosi tomonidan yodga olindi

Turk dunyosining buyuk avlodi, O’zbek adabiyotidagi zamonaviy roman san’atining asoschisi, milliy uyg’onish davrining ramziga aylangan yozuvchi va shoir Abdulla Qodiriy TURKSOY tomonidan uyushtirilgan “Turk Dunyosining yo’l boshchilari" deb nomlangan konferentsiya doirasida Anqarada uyushtirilgan tadbirda yodga olindi.

Xalqaro Turk madaniyati tashkilotining mezbonligida O’zbekistonning Anqaradagi elchixonasi, Chet eldagi Turklar va qardosh jamiyatlar rahbarligi va Anqaradagi Hoji Bayram Veli nomidagi universitet hamkorligida uyushtirilgan “Turk Dunyosining yo’l boshchilari-14; Tavalluddining 125-yilligida O’zbek adabiyotidagi zamonaviy roman san’atining asoschisi Abdulla Qodiriy” deb nomlangan konferentsiyada Prezidentning Davlat maslahatchisi Yalchin To’pchu, O’zbekistonning Anqaradagi elchisi Alisher Agzamkhadjayev, Tojikistonning Anqara elchisi Mahmadali Rajabiyon, Chet eldagi Turklar va qardosh jamiyatlar rahbari Abdullah Eren va ko’plab akademiklar, adabiyotchilar, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Konferentsiyaning ochilish marosimida so’zlagan TURKSOY Bosh kotibi o’rinbosari professor doktor Firat Purtash, Turk Dunyosining ma’rifatparvarlik harakati degan nom bilan ham mashhur bo’lgan “Usul-i jadid” maktabida ta’lim olgan, zamonaviy o’zbek adabiyotining shakllanishiga ulkan hissa qo’shgan Abdulla Qodiriyning tavalludining 125-yilligi munosabati bilan uchrashib turganliklarini ta’kidlagan holda, tadbirning uyushtirilishida o’z mexnatini ayamagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Bir necha oy avval yana TURKSOYda O’zbekiston elchixonasi bilan birgalikda Alisher Navoiy haqida tadbir uyushtirganliklarini eslatib o’tgan va qo’shgan hissalari uchun O’zbekiston elchixonasiga minnatdorchilik bildirgan Purtash, konferentsiya ishtirokchilarining qiziqishi ularning O’zbekistonga bo’lgan do’stligini, qardoshligini, Turk Dunyosining birligi va o’rtoq kelajagini qanchalik qo’llab-quvvatlashlarini yaqqol ko’rsatganligini qayd etdi.

Oxirgi vaqtlarda Turkiya bilan O’zbekiston munosabatining mustahkamlanib borayotganligini qayd etgan Purtash, “O’zbekistonning Turk dunyosidagi o’rni va faolligi dinamik ravishda ortib bormoqda. Buning eng konkret namunasi sifatida o’tgan yilning sentabr oyida Qirg’izistonning Cholpan-Ata shahrida uyushtirilgan Turk kengashi sammitida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning, 2020-yili Turk Dunyosining madaniyat poytaxti bo’lishi uchun Xiva shahrini taklif qilishi O’zbekistonning TURKSOYdagi o’rni jihatidan burilish nuqtasi hisoblanadi. Huddi mana shu nomzodligi doirasida TURKSOYning asoschilaridan biri bo’lgan O’zbekiston tashkilot faoliyatlarida faol ravishda ishtirok eta boshladi. Shu doirada o’tgan yilning dekabr oyida TURKSOY hay’ati O’zbekistonning Toshkent va Xiva shahrida bo’lib qaytdi. Bu ham bo’lsa O’zbekistonning TURKSOYdagi faolligining ortajagining ko’rsatkichidir” deya gapirdi.

Tadbirni uyushtirishda hissa qo’shganlarga minnatdorchilik bildirgan Prezidentning Davlat maslahatchisi Yalchin To’pchu, xalqlar o’rtasidagi munosabatlarning sehrli kaliti madaniy faoliyatlar ekanligini aytib o’tdi. Turk respublikalarini “Bir onaning, bir otaning boshqa boshqa beshiklarda ulg’aygan avlodlari” deb qo’lga olgan To’pchu, “Birgalikda siyosat yuritish, savdo qilish va birgalikda ijtimoiy munosabatda bo’lishlik bir-birimizni yodga olishimizga, qardosh ekanligimizni takror eslashimizga yo’l ochadi. Buning eng sehrli kaliti yuqorida ham aytib o’tkanimdek madaniy munosabatdir. Shuning uchun ham bu faoliyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Otamiz Ismoil Gaspirali ham aytganidek bir kunmas bir kun, mutlaqo tilda, fikrda, ishda bir bo’lamiz” dedi.

To’pchu, “Bugun bu yerda Turk dunyosining buyuk avlodi, adabiyotchi Abdulla Qodiriyni yodga olamiz. O’z vaqtida muhim asarlarni qalamga olgan va O’tkan kunlar romanidek asarlari bilan xalq ongini yuksaltirgani uchun Sovet hukmronligi tomonidan kuzatilib, avvalom bor asarlari man etilib ortidan o’zi qamalib, shunga qaramay asarlarining xalq orasida keng tarqashi davom etgan Qodiriy, TURKSOY orqali butun Turk dunyosida tanitiladi. 2020-yili Turk Dunyosining Madaniy poytaxti sifatida Xiva e’lon qilinadi. Bu ham bo’lsa mustahkamlanib borayotgan munosabatimizga buyuk hissa qo’shadi” dedi.  

O’zbekistonning Anqardagi elchisi Alisher Agzamkhadjayev Abdulla Qodiriyning shu bilan birga tarjimon ekanligini, dunyo klassik asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali yosh avlodlarning kelajagiga katta hissa qo’shganligini ta’kidlagan holda, milliy ongning uyg’onishi uchun qalamga olgan asarlari tufayli Sovet hukmronligi tomonidan man etilganligini va shahid qilinganligini takrorlab o’tdi. O’zbek adabiyotining buyuk siymosi Abdulla Qodiriyni yodga olish maqsadida uyushtirilgan tadbir orqali TURKSOY bilan Hoji Bayram Veli nomidagi universitetga ham minnatdorchilik bildirgan Agzamkhadjayev, “Abdulla Qodiriyning asarlariga nazar tashlagudek bo’lsak unda o’zbek xalqiga xos insonparvarlik, sevgi va muxabbat, vatanga bo’lgan sadoqat, xalqlararo oqko’ngillik tuyg’ularini kitobxonlariga mohirona ravishda yetkazganligining guvohi bo’lamiz. Qodiriy o’z asarlarida ayniqsa sherlarida kitobxonlarni ilm va fanga chaqirganligini ko’ramiz. Mazkur sherlarda Qodiriy adabiyot tilining kuchini, qudratini, terangligini yaqqol ko’rsatmoqda” dedi.

Agzamkhadjayev shuningdek, TURKSOY tashkilotininig Qodiriydek adabiyotchimizni tanishtirgan, o’rgatkan, uning asarlarini boshqa qardosh xalqlarimizning lahjalariga tarjima qilgan faoliyatlarinining Turk xalqlarining bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarishini, do’stligini va hamkorligini yana-da mustahkamlashiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

O’z so’zida Chet eldagi Turklar va qardosh jamiyatlar sifatida Turk respublikalari va jamiyatlari o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo’shishga harakat qilganliklarini va oxirgi bir yil ichida Turk Kengashi va TURKSOY bilan yaqin hamkorlik ichida ekanliklarini ta’kidlagan jamiyat rahbari Abdullah Eren, “O’zbek adabiyotining unutilmas siymosi Abdulla Qodiriyni yodga olish uchun TURKSOYda uchrashib turibmiz. Agar XXI asarda Turk Dunyosi haqida gapiradigan bo’lsak unda XX asrning boshlarida, Turk Dunyosi va qalbimizdagi jug'rofiyadagi har bir hududda olib borilgan kurashdan va buning uchun o’z jonidan voz kechkanlar haqida gapirishga majburmiz. Bu kurashning bugungi kunga baxsh etkan yorug’idan foydalanishimiz darkor. Jamiyatimiz yetakchiligi sifatida bunday tadbirda ishtirok etib turganimizdan xursandmiz” dedi.

Kelasi hafta Turk Respublikalari diasporalarining faoliyatlarini birgalikda davom ettirilishi maqsadida yo’l xaritasi tayyorlash niyatida Germaniyada uyushtiriladigan bir tadbirda Turk Kengashi va TURKSOY bilan takror uchrashmoqchi ekanliklarini tilga olgan Eren, “Turkiyaning oxirgi yillardagi tajribasini markazga tashib, Turk respublikalari va jamiyatlari bilan tig’iz munosabatda bo’lsak unda XXI asrning ikkinchi yarmidan keyin turklar dunyo siyosatida yana-da ko’proq o’rin oladi degan fikrdaman. Buning uchun madaniyat va san’at ajoyib boshlang’ich hisoblanadi. TURKSOY, asos topganidan beri mana shu tarmoqdagi katta kamchiliklarning o’rnini toldirib kelmoqda. Tashkilot sifatida Turk dunyosining yo’l boshchilarini yodga olishni davom ettiramiz” deya gapirdi.   

Ochilish marosimi ortidan Abdulla Qodiriyning hayoti haqida, qisqa metrajli film havola etildi.

Tadbir Anqaradagi Hoji Bayram Veli nomidagi universitetning Zamonaviy Turk lahjalari bo’limi boshlig’i professor doktor Fatih Kirishchio’g’li rahbarlik qilgan panel bilan davom etdi.

O'zbek milliy cholg'ulari ustasi Abror Zufarov, turkiyalik xalq baxshilaridan Sheyda va Zeki Erdali asarlari bilan yakun topdi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar