O'zbekistondan xabarlar 11-qism

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 - mart kuni vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yun Sun Guni qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 11-qism

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 - mart kuni vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yun Sun Guni qabul qildi.

Bo'lib o'tgan suhbat chog'ida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil noyabr oyidagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi ikki mamlakat va xalqlari o'rtasidagi ko'p qirrali strategik hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqich bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Komilov, O'zbekiston Koreya Respublikasi bilan o'zaro hurmat, ishonch va qo'llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan qalin do'stlik munosabatlarini yuqori baholashini va va qadrlashini bildirdi.

Shu kunning o'zida Tashqi ishlar vazirligida  O'zbekiston – Janubiy Koreya siyosiy maslahatlashuvlarining 13- raundi o‘tkazildi.

Siyosiy maslaxatlashuvlarda ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning kompleks masalalari, jumladan bo'lajak uchrashuvlar jadvali ko'rib chiqildi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.        

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'tgan xaftada Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, ko`p qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hamda hukumat raisi Dmitriy Medvedevning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Maksim Oreshkin O`zbekistonda mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta`minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investorlarni va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni yuksak baholadi.

Oreshkin, Rossiya o`zaro savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, turli sohalarda istiqbolli qo`shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bundan buyon ham zarur choralar ko`rishga tayyor ekani ta`kidladi.

- Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo komissiyasi majlisi o`tkazildi.

12 mart kuni Toshkent shaxrida O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Elyor G`aniyev va Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Sulton bin Said Al Mansuriy hamraislik qildi.

Majlisda Birlashgan Arab Amirliklari davlat tuzilmalari, Abu-Dabi taraqqiyot jamg`armasi, neft, muqobil energetika, investitsiya, havo transporti kompaniyalari vakillari bilan bir qatorda O'zbek rasmiylar ve tadbirkorlar ishtirok etdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati, O`zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasida strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish haqida fikr almashildi, 2018 yil oktyabr oyidagi ikki mamlakat biznes - forumi doirasida imzolangan kelishuvlar bo`yicha rejalar tasdiqlandi.

Yig'ilishda, Abu - Dabi taraqqiyot jamg`armasi va O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan ta`sis etilgan va nizom jamg'armasi 1 milliard dollarga teng bo'lgan O'zbekiston- Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyalar jamg`armasi investitsiya portfelini shakllantirishdagi navbatdagi qadamlar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo - hajmini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Majlisda Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Sulton bin Said Al Mansuriy O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu yilda Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirajak tashrifi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishiga umid bildirdi.

– Biz Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo`ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Umid qilamizki davlatingiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirajak tashrifi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, - dedi Sulton bin Said Al Mansuriy.

Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri o`z chiqishida ikki tomonlama hamkorlik sohalarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida "Yo`l xaritasi" ishlab chiqishni ham taklif etdi.

Sulton bin Said Al Mansuriyning qo`shimcha qilishicha, mamlakatimiz Birlashgan Arab Amirliklari uchun iqtisodiy lokatsiya hisoblanadi va Birlashgan Arab Amirliklarining iqtisodiy, investitsiyaviy rejalarida O`zbekiston bilan iqtisodiy sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari ham o`rin olgan.

Majlisda so'z olgan G'aniyev, O'zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklari bilan xamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini aytar ekan, bu xamkorlikning xar ikki tomon uchun xam foydali bo'lishini ma'lum qildi.

G'aniyev, jumladan shunday dedi:

 


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar