Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risida hujjat imzolandi

Tomonlar joriy yilda harbiy razvedka, ehtimoliy urush holatlariga tayyorgarlik, tinchlik kuchi faoliyatlari, kiber xavfsizlik va boshqa mavzularda 17 moddani o’z ichiga olgan harbiy hamkorlik to’g’risidagi hujjatga imzo chekdi.

Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risida hujjat imzolandi

Turkiya bilan Qozog’iston o’rtasida bir yillik harbiy hamkorlik to’g’risida hujjat imzolandi.

Bu haqda Qozog’iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya va Qozog’iston mudofaa vazirliklari vakillari Qozog’iston poytaxti Astanadagi Birinchi prezident milliy mudofaa universitetida uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy yilda harbiy razvedka, ehtimoliy urush holatlariga tayyorgarlik, tinchlik kuchi faoliyatlari, kiber xavfsizlik va boshqa mavzularda 17 moddani o’z ichiga olgan harbiy hamkorlik to’g’risidagi hujjatga imzo chekdi.

 


Tanlangan kalimalar: harbiy hamkorlik , Qozog'iston , Turkiya

Aloqador xabarlar