Andijon davlat universiteti Turkiyaning Anqara va Gazi universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Andijon davlat universiteti prorektori Bahtiyor Rasulov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Turkiya Respublikasining Anqara hamda Gazi universitetlariga tashr

1162093
Andijon davlat universiteti Turkiyaning Anqara va Gazi universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Andijon davlat universiteti Turkiyaning Anqara va Gazi universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Andijon davlat universiteti prorektori Bahtiyor Rasulov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Turkiya Respublikasining Anqara hamda Gazi universitetlariga tashrif buyurib, u yerdagi o‘quv jarayoni va OTMlar moddiy texnik bazasi bilan tanishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati kotibi Sharofiddin Hoshimjonov “Daryo”ga xabar bermoqda.

Anqara davlat universitetiga tashrif chog‘ida akademik almashinuv (talabalar va professor-o‘qituvchilar) dasturini amalga oshirish, kimyo yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan doktorantlarni Erasmus+ dasturi doirasida 1—3 oylik malaka oshirishlarini tashkil etish, shuningdek, hamkorlikda konferensiya, festival va seminarlar o‘tkazishga kelishildi. Shu yilning aprel oyida Anqara universiteti delegatsiyasining Andijon davlat universitetiga tashrif buyurishi va hamkorlik dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirildi.

Gazi universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Yashar Aydemir bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda pedagogika, musiqa ta’limi va jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma dasturlar (bakalavrlar uchun 2+2, magistrantlar uchun 1+1, tegishlicha O‘zbekiston va Turkiyada) ochish, doktorantlar almashinuvi yuzasidan shartnoma shartlari hamda ikkala oliygoh rektorlarining shartnomalarini imzolash bilan bog‘liq masalalar kelishib olindi.

 



Aloqador xabarlar