Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi

Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida qabul qilindi, 2019 yil 22 fevral, juma (1440 hijriy 17 Jumodus-soni)  Buxoro shahri,O‘zbekiston Respublikasi

Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi
Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi
Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi

Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi

Ziyorat turizmi bo‘yicha Buxoro Deklaratsiyasi

Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida qabul qilindi, 2019 yil 22 fevral, juma (1440 hijriy 17 Jumodus-soni)  Buxoro shahri,O‘zbekiston Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyat hokimligi, Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO), Butunjahon turizm tashkiloti (WTO), xalqaro tashkilotlar, universitetlar, turizm sohasi vakillari, Halol va Ziyorat turizmi yo‘nalishi ekspertlari, shuningdek, Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumida ishtirok etgan diniy arboblar ushbu deklaratsiyani tuzib, tasdiqladilar. Ushbu Forum ISESCO shafeligi ostida, WTOning qo‘llab-quvvatlashi hamda WTO Bosh Assambleyasining 13-sessiyasida (1999 yil Santyago shahri (Chili) qabul qilingan “Butunjahon turizm axloq kodeksi”ning “Diniy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniy va tillar almashinuvi maqsadlariga qaratilgan sayohat turizmning rag‘batlantirilishi lozim bo‘lgan foydali shakllaridir” tamoyili asosida tashkil etildi.  2015 yil 2-4 noyabr kunlari Maskat shahrida (Oman) o‘tkazilgan Madaniyat vazirlarining to‘qqizinchi Islom konferentsiyasida Buxoro shahrini 2020 yil uchun uchta islom madaniyati poytaxtlaridan biri sifatida e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan. ISESCO tomonidan 2018 yil 27-29 noyabr kunlari Manama shahrida (Bahrayn) tashkil etilgan Islomiy Vazirlar Konferentsiyasida 2019 yil “Islomiy meros” yili deb e’lon qilindi va barcha vakolatli muassasalardan ushbu muhim tashabbusda faol qatnashishlari so‘ralgan. O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini turizm orqali o‘rganish madaniyatlararo aloqalar, tinchlik va millatlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ziyorat turizmi - turizm sohasining jadal rivojlanib borayotgan va XXI asrning yetakchi trendiga aylanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqlar orasida tinchlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Biz Ziyorat turizmining aholi turmush darajasini yuksaltirish va jamiyatning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish jihatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, Ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab madaniy va insonparvarlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekanligini e’tirof etamiz. Biz axborot texnologiyalarining Ziyorat turizmiga, ayniqsa reklama, marketing, turizm mahsulotlarini differentsiatsiya qilish va ixtisoslashtirish sohasiga o‘zgarishlar olib kirishini alohida ta’kidlaymiz. Bundan tashqari, Ziyorat turizmi shaxslarning individual o‘sishi hamda asosiy ijtimoiy normalar va milliy qadriyatlarni mustahkamlashiga qat’iy ishonishimizni yana bir bor ta’kidlaymiz.

Biz quyidagi qoidalar asosidagi kelishuvimizni tasdiqlaymiz: 1. Xavfsizlik, turistlarni himoya qilish va ularning qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zaruriy shartlaridandir. Sayohatni yengillashtirish, turistlarning safarlari va turar-joylari, ularning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Xalqaro reyting agentliklari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik va baxtiyorlik reytingida dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichga ega besh davlat qatoriga kiradi. 2. O‘zbekiston aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi, turli e’tiqod va madaniyatlar vakillari tinchlik va o‘zaro hurmat muhitida yashaydigan dunyoviy davlatdir. O‘zbekiston ko‘p asrlik bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik an’analari bilan maqtana oladi. Ko‘pchilik etnik va diniy xilma-xillikni Buyuk Ipak yo‘lining madaniyat va sivilizatsiyalar o‘chog‘i sifatidagi merosi deb tan oladi. O‘zbekiston 2018 yil 12 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasida “Ma’naviy va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.  3. Ziyorat turizmining markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston ma’naviy islomning haqiqiy qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda islomning qonuniy, ilmiy, uslubiy va falsafiy asoslarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. 4. O‘zbekistonning yuzlab madaniy va tarixiy obidalari UNESCOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga olingan bo‘lib, yosh avlod qalbida O‘zbekistonning bebaho tarixiy merosi, milliyligi va yuksak ma‘naviyatiga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishga yordam beradi. 5. Milodiy 644-646 yillarda yozilgan Xalifa Usmon Qur’oni (Mus’haf) kitobi musulmon madaniyatining ko‘p asrlik madaniy va tarixiy merosining muhim va noyob manbasi sifatida e’tirof etiladi. Toshkent shahridagi “Mo‘yi-Mubarak” madrasasining maxsus xonasida saqlanayotgan Xalifa Usmon Mus’hafi butun dunyodan kelgan olimlar, din arboblari, ziyoratchilar va turistlarni o‘ziga tortib kelmoqda. 6. Jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy tarixi, noyob ilmiy va ma‘naviy merosi hamda mamlakatimizning jahonga mashhur tarixiy shaharlariga butun dunyodan turistlarni islom va boshqa sivilizatsiya markazlariga ziyorat qilishga chorlaydi. -2/4-

7. Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Abu Mansur Al-Moturidiy, Bahouddin Naqshbandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, Shamsuddin As-Samarqandiy kabi olim va mutafakkirlarning tarixiy me’rosi va boshqa ko‘plab olimlar va O‘zbekistonning muqaddas so‘fiylari butun insoniyatning mulki hisoblanadi va millionlab turistlarni O‘zbekistonga tashrif buyurishga undaydi. 8. O‘zbekiston Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash an’anasini davom ettirmoqda. Turli millat va dinlarning ko‘p asrlar davomida tinch-totuvlikda yashab kelayotganligi tufayli o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik an’analari qon-qonimizga singib ketgan. Shunday qilib, Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi ishtirokchilari yanada tinch, insonparvar, barqaror, birodar va birlashgan dunyoni qurishga o‘z hissalarini qo‘shish bilan bir qatorda, O‘zbekistonni Ziyorat turizmining markazlaridan biri deb tan olishadi va Butunjahon turizm tashkiloti, hukumatlar va xususiy sektor vakillarini “Buxoro deklaratsiyasi”ning qoidalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: O'zbekiston , Turizm , Buxoro

Aloqador xabarlar