O'zbekistondan xabarlar 10-qism

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Doxada Qatardagi "Tolibon" harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund bilan uchrashdi.

1158670
O'zbekistondan xabarlar 10-qism

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Doxada Qatardagi "Tolibon" harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund bilan uchrashdi.

Doha shahrida O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qatardagi "Tolibon" harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund bilan amaliy uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokaralarda O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ham ishtirok etdi.

Mulla Barodar Oxund O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Afg`onistondagi tinchlik jarayoniga ko`maklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U o`tgan yilning mart oyida o`tkazilgan hamda afg`on mojarosini tinch yo`l bilan hal etish borasidagi xalqaro sa`y-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferentsiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida ta`kidladi.

Bundan tashqari "Tolibon" harakati rahbariyati vakili transport, energetika va ta`lim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afg`onistonda amalga oshirish bo`yicha O`zbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi.

Uning alohida qayd etishicha, O`zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg`onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to`la qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afg`oniston kelajakda Markaziy va janubiy Osiyo o`rtasida «ishonch va hamkorlik ko`prigi» bo`lishi mumkin.

Mulla Barodar Oxund, Afg`onistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida O`zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma`lum qildi.       

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas`uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Prezident imzolagan qaror bilan Konstitutsiyaga bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Bunga ko'ra, Hukumat a`zolarini dastlab Qonunchilik palatasi ma`qullashi kerak bo'ladi.

Qonun bilan Konstitutsiyaga bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

jumladan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlariga  quyidagilar qo`shildi:

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi, shuningdek ichki va tashqi siyosat masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

bosh vazir taqdimiga ko`ra hukumat a`zoligiga nomzodlarni, keyinchalik ularni prezident tomonidan lavozimga tasdiqlash uchun ko`rib chiqish va ma`qullash.

Prezident vakolatlariga hukumat a`zolarini Qonunchilik palatasi ma`qullaganidan so`ng tasdiqlashiga oid o`zgartirish kiritildi. Ilgari, Qonunchilik palatasining ma`qullashi talab etilmas edi.

Unga muvofiq, nomzodlar mas`ul qo`mita, fraktsiyalar va deputatlar tomonidan dastlabki tarzda ko`rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko`rib chiqiladi.

Nomzodlar hukumatning harakatlar dasturi bilan bog`liq bo`lgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini Qonunchilik palatasiga taqdim etishi kerak bo'ladi.

Nomzod Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan taqdirda, bosh vazir yangi nomzodni kiritadi.

Ushbu o`zgartirish va qo`shimchalar 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi.      

Xalqaro valyuta jamg`armasi, 2019 yilda O`zbekiston iqtisodiyotining o`sishi 5,5 foizni tashkil qilishi mumkinligini tahmin qildi.

5 mart kuni Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasining O'zbekistonga tashrifi yakunlariga bag`ishlangan brifing bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ishtirok etgan Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi raxbari Albert Eger, 2019 yilda faol investitsiyalar hisobidan O`zbekiston iqtisodiyotining o`sishi 5,5 foizni tashkil qilishi mumkinligini tahmin qildi.

Yig'ilishda qatnashgan O`zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov brifingda 2019 yilda Markaziy bank rejalari to`g`risida ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, Markaziy bank Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasida xavotirlarni keltirib chiqarayotgan xavflarni bartaraf etish bo`yicha yo`l xaritasini ishlab chiqmoqda.

Nurmurodov, valyuta bozorini yanada erkinlashtirish bo`yicha ishlar boshlanganligini aytar ekan, birinchi navbatda, ichki bozorda ishlayotgan tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi faoliyati bilan bog`liq cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirayotganliklarini ta'kidladi.

Nurmurodov, 2019 yilda valyuta bozorini tartibga solishga to`sqinlik qilayotgan barcha elementlarni qayta ko`rib chiqishlarini ta'kidlar ekan, bu cheklovlarni 2019 yilda olib tashlash eng asosiy vazifa etib belgilanganligini, Markaziy bankning banklar va mijozlar o`rtasidagi aloqalarni soddalashtirish bo`yicha zarur choralarni ko'rayotganligini, tadbirkorlik sub`ektlari va aholida vujudga kelayotgan valyuta bozoridagi muammolarni bartaraf etish bo`yicha choralarni amalga oshirayotganligini bildirdi.

Nurmurodov, banklarni xususiylashtirish masalasida, yaqin kunlarda bank sektoriga xususiy kapitalni jalb qilish bo`yicha hukumat qarori chiqishini xam xabar qildi.

Brifingda Nurmurodov jumladan shunday dedi:

         

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #So'nggi yangilklar

Aloqador xabarlar