O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Bugun, 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog’ida, Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmi yuqori sur’at bilan ortmoqda: 2018 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash 40 foizga oshdi. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida investitsiya va innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, turizm va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Muloqot so‘ngida Prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladilar.

Aloqador xabarlar