Buxoroda o‘tayotgan birinchi ziyorat turizmida tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda

Kecha, 21-fevral kuni Buxoroda o‘tkazilayotgan Birinchi ziyorat turizmiga 25 ta davlatdan ishtirokchilar kelganini xabar bergan edik. Bugun shunday davlatlar soni 35 taga yaqinlashdi.

Buxoroda o‘tayotgan birinchi ziyorat turizmida tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda

Buxoroda o‘tayotgan birinchi ziyorat turizmida tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda

Kecha, 21-fevral kuni Buxoroda o‘tkazilayotgan Birinchi ziyorat turizmiga 25 ta davlatdan ishtirokchilar kelganini xabar bergan edik. Bugun shunday davlatlar soni 35 taga yaqinlashdi. Bu haqda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Forum doirasida xalqaro musulmon idoralari vakillari bilan o‘tgan konferensiyada Buxoro 2020-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani, so‘nggi ikki yilda turizm sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar xususida so‘z bordi.

 “2018-yilda sayyohlar soni 2,5 millionga yetdi. Xorijiy sayyohlar soni esa 301 mingdan ortdi. Istiqbolda Buxoroga sayyohlar oqimi keskin ortishini hisobga olib, joriy yilda 60 ga yaqin mehmonxonalar, 20 dan ortiq restoranlar, bir qator istirohat bog‘lari, saylgohlar qurilmoqda. Bu borada Germaniya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarning salohiyatli investorlari bilan hamkorligimiz natijasida yaqin orada Buxoroga bir kunda 10 mingdan ko‘proq sayyohni qabul qilish bo‘yicha mehmonxona fondlari yaratiladi. Bundan tashqari, sayyohlar uchun Ekoturizm, Gostronomik turizm, Agroturizm, Sport turizmi kabi yangi turizm yo‘nalishlari o‘zlashtirilib, an’anaviy madaniy-ma’rifiy tadbirlar, festival va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda”, — dedi konferensiyada so‘z olgan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev.

Konferensiyada Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Misr ijtimoiy birdamlik oilalar va nogironlar Vakillari palatasi qo‘mitasi raisi, APE cho‘filar ordenlari Yuqori Kengashi raisi Abdulhadi al-Kasabi va boshqalar O‘zbekistonning musulmon olamidagi o‘rni va nufuzi, islom madaniyatini rivojlantirish istiqbollari, katta yo‘l bo‘ylarida masjidlar sonini ko‘paytirish, xalqaro turizm salohiyatini rivojlantirish kabilar xususida so‘z yuritdi.

Bildirilishicha, O‘zbekistondan 7 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bo‘lib, 200 dan ortig‘i YuNESKO ro‘yxatida. Islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy obidalarga boy davlat sifatida O‘zbekiston 9-o‘rinni egallab turibdi.

 


Tanlangan kalimalar: Turizm , Buxoro

Aloqador xabarlar