Buxoroda I-Xalqaro ziyorat turizmi forumi oʻtkaziladi

Anjumanga oʻnlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Buxoroda I-Xalqaro ziyorat turizmi forumi oʻtkaziladi

Oʻzining buyuk mutafakkirlari, betakror obidalari, muqaddas qadamjolari bilan jahonga mashhur Buxoro shahri yana bir yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. Shu yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda I-Xalqaro ziyorat turizmi forumi oʻtkaziladi.

Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad O’zbekistonning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishdan iborat.

Zero, keyingi yillarda sayyohlarning O’zbekistonning qadimiy shaharlariga boʻlgan qiziqishi kuchaymoqda. Ular orasida ziyoratchilar koʻpchilikni tashkil etmoqda.

Xususan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va hatto, Yevropa davlatlaridan islom diniga eʼtiqod qiluvchilar atayin kelib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilmoqda, buyuk ajdodlardan qolgan boy maʼnaviy-maʼrifiy merosni oʻrganishmoqda.

Mazkur forum xorijda ham katta qiziqishga sabab boʻlmoqda. Anjumanga oʻnlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashishi kutilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar