Ertaga Ozarbayjonda tabiiy gazga bag'ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tadi

Anjumanda Yevropa Ittifoqi, AQSh, Gruziya, Bolgariya, Italiya, Chernogoriya, Albaniya, Xorvatiya, Gretsiya, Serbiya, San Marino, Ruminiya, Turkmaniston, Bosniya-Gertsegovina va Vengriya davlatlaridan vakillar ishtirok etadi.

1148387
Ertaga Ozarbayjonda tabiiy gazga bag'ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tadi

Ertaga Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Ozarbayjon tabiiy gazini Yevropaga yetkazish maqsadida tashkil qilingan Janubiy tabiiy gaz loyihasiga bag’ishlangan xalqaro yig’ilish bo’lib o’tadi.

Mazkur yig’ilishda Shoh Dengiz 2 loyihasi, Janubiy Kafkaziya quvur liniyasi, Trans Anadolu Tabiiy Gaz Quvuri (TANAP) va Trans-Adriyatik quvur liniyasiga (TAP) hissador bo’lgan davlatlarning tegishli vazirlari va yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etadi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Gruziya, Bolgariya, Italiya, Chernogoriya, Albaniya, Xorvatiya, Gretsiya, Serbiya, San Marino, Ruminiya, Turkmaniston, Bosniya-Gertsegovina va Vengriya davlatlaridan vakillar ishtirok etadi.

Shu bilan birga, yirik xalqaro energiya kompaniyalari rahbarlari bilan bir qatorda, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa qurilish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Jahon banki vakillari qatnashadi.

Turkiyadan esa, yig’ilishga energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez ishtirok etadi.

Ular Ozarbayjon tabiiy gazini Yevropaga yetkazish maqsadida tashkil qilingan Janubiy tabiiy gaz quvuri bo’yicha olib borilayotgan tashabbuslarning bugungi holati haqida hisobotlar taqdim etiladi va loyihani moliyalashtirish hamda uning hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon iqtisodiyotining asosiy qismini tabiiy gaz, neft va temir zaxiralaridan keladigan daromad tashkil etadi. Mamlakatning umumiy eksport hajmining 90%i tabiiy gaz va neftdan iborat.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Baku , #TANAP , #tabiiy gaz , #TAP

Aloqador xabarlar