O’zbekistondan xabarlar 7-qism

O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi sherikchilik to`g`risidagi yangi bitim bo`yicha kelishib oldi.

1144912
O’zbekistondan xabarlar 7-qism

                               

 

19-20-fevral kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyoda o`zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferentsiya bo`lib o`tadi.

Anjumanda mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta`lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko`ra, xalqaro anjuman ochilish marosimida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlov nutqini so`zlashi kutilmoqda.

Ushbu xalqaro anjuman O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, undan 34 mamlakatdan 100dan ortiq vakillar ishtirok etadi.

Forumga hususan Afg`oniston, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, İsroil, Ispaniya, Italiya, Qozog`iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya va Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan.

Tadbirda shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

        

Koreyalik mutaxassis O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziriga o`rinbosar etib tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi prezidentning qarori bilan Dongvuk Li O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda O'zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dongvuk Li sog`liqni saqlash sohasiga ilg`or xorijiy tajribalarni joriy etish bo`yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo`llab-quvvatlash masalalariga mas`ul bo`ladi.

Koreyalik mutaxassis shu vaqtga qadar Koreya Respublikasining Sog`liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat bo`yicha vazirning o`rinbosari edi.

Dongvuk Liga shuningdek, xalqaro standartlar va Jaxon Sog'liqni saqalash Tashkiloti tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sug`urtani joriy etish, davlat - xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qo`llash, investitsiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda "elektron sog`liqni saqlash" tizimlarini keng tatbiq etish kabi vazifalar ham yuklatildi.

 

O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi sherikchilik to`g`risidagi yangi bitim bo`yicha kelishib oldi.

O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi 1999 yildagi shartnoma o`rniga imzolanishi kutilayotgan Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to`g`risidagi yangi bitimning tarkibi bo`yicha kelishib oldi.

O'tgan hafta Toshkentda O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o`rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi bitim bo`yicha muzokaralarning birinchi raundi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar O`zbekiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Dilshod Axatov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining boshqaruvchi direktori o`rinbosari Luk Devin boshchiligida bo'lib o'tdi.

Xabarga ko'ra, bitim loyihasi tuzilmasi bo`yicha bir tushunchaga kelindi va uchta guruhga bo`linib, hujjat loyihasining barcha bo`limlari batafsil va konstruktiv ravishda muhokama qilindi va mumkin bo`lgan o`zaro maqbul qoidalar belgilandi.

O`zaro kelishuvga ko`ra, bitim loyihasining savdo qismi bo`yicha ekspertlar uchrashuvlari O`zbekistonning tegishli vazirliklari vakillari ishtirokida davom ettirildi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi bitim bo`yicha muzokaralarning ikkinchi raundini Brussel shahrida o`tkazishga kelishib olindi.

Yevropa delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi chog`ida shunngdek "Bosh preferentsiyalar tizimi plus" maqomini olishga O`zbekiston talabnomasini tayyorlash bo`yicha maslahatlashuvlar, bu maqomni olishning ustunliklari bilan tanishtirish maqsadida O'zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari uchun brifing ham bo`lib o`tdi.

İmzolanishi kutliayotgan bo`lg`usi bitim O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida 1999 yilda imzolangan shartnoma o`rnini egallaydi.

         

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingi yaxshilanadi.

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi O'zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorda ko'rsatilishicha, so'nggi bir necha yillar davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rildi.

Oxirgi 5 yil davomida ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" reytingida O`zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o`rindan 76-o`ringa ko`tarildi.

Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni ro`yxatdan o`tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik sub`ektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

Qarorga asosan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo`yicha "Yo`l xaritasi" va 2022 yilga kelibrespublikaning 20-o`ringa erishishini nazarda tutuvchi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasi reytingini yaxshilashning "Biznes yuritishni yaxshilash — 2022" maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlandi.

Qarorga asosan, 2019 yil 1 martdan, tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda bank hisob raqamlarini masofadan turib ochishi mumkin bo'ladi, qurilish uchun ruxsatnomalar olish, mulkni ro`yxatdan o`tkazish osonlashtiradi, shuningdek tadbirkorlarning xuquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #yangiliklar , #Toshkent

Aloqador xabarlar