Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Davosda Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Ozarbayjon prezidentlik matbuot xizmati ma'lum qilishicha, uchrashuvda Tog’li Qorabog’ muammosini bartaraf etish jarayoni muhokama qilingan.

1131352
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Davosda Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Shveysariyaning Davos shahrida uchrashuv amalga oshirdi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, prezident Ilhom Aliyev bilan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Davosda bo’lib o’tayotgan 49-Jahon iqtisodiy forumi doirasida uchrashgan.

Uchrashuvda Tog’li Qorabog’ muammosini bartaraf etish jarayoni muhokama qilingan.



Aloqador xabarlar