O’zbekistonda Turkiya rezidentlari kapitali ishtirokida 364 ta korxona tashkil etildi

O’zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yilda O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalar haqida ma’lumot berdi.

1126199
O’zbekistonda Turkiya rezidentlari kapitali ishtirokida 364 ta korxona tashkil etildi

Turkiya o’tgan yili O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni tashkil etgan mamlakatlar orasidan joy oldi.

O’zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yilda O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko’ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 2385 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1522 taga ko‘paygan. 2017 yilda mamlakat miqyosida xorijiy kapital ishtirokida 863 korxona tashkil etilgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 %ga o‘sgan. 

Natijada, 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 7560 tani tashkil etdi.

2018 yil natijalariga ko’ra, O’zbekistonda Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida 428 ta, Turkiya Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida 364 ta korxona yangi ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu davrda Xitoy kapitali ishtirokida 351, Qozog’iston kapitali ishtirokida 246, Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 161 ta korxona tashkil etilgan.

Shuningdek, 2018 yil davomida xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma faoliyatlarga qiziqish ko’rsatgan davlatlar orasida Afg‘oniston, Hindiston, Germaniya, Ukraina, Ozarbayjon va boshqa davlatlar o’rin olgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent (4728 ta), Samarqand (396 ta) va Xorazm viloyatida (71 ta) tashkil etilgan bo’lib, ular asosan sanoat, tijorat, inshoot va qurilish materiallari bo’yicha investitsiya kiritdilar.

 

 



Aloqador xabarlar