Aytmatov, “Dunyo adabiyotidagi buyuk inson” degan nom bilan yodga olindi

Taniqli qirg’iz yozuvchisi Ching’iz Aytmatov tug’ilishining 90-yilligida Qozog’iston poytaxti Ostonada, “Dunyo adabiyotidagi buyuk inson” degan nom bilan yodga olindi.

1105745
Aytmatov, “Dunyo adabiyotidagi buyuk inson” degan nom bilan yodga olindi

Taniqli qirg’iz yozuvchisi Ching’iz Aytmatov tug’ilishining 90-yilligida Qozog’iston poytaxti Ostonada, “Dunyo adabiyotidagi buyuk inson” degan nom bilan yodga olindi.

Qozog’iston Milliy kutubxonasi tomonidan uyushtirilgan tadbirda Qirg’izistonning Ostona elchisi Jeenbek Kulubayev, deputat Sautbek Abdrahmanov, ko’plab adabiyotchi va kitobxon ishtirok etdi.

Ching’iz Aytmatov haqidagi qisqa metrajli filmning havola qilinishi ortidan so’zga chiqqan Jeenbek Kulubayev, yozuvchining dunyoni qirg’iz va qozoq madaniyati bilan tanishtirganligini belgilab o’tgan holda,  

“Yozuvchi qirg’iz va qozoq munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo’shgan” dedi.

Deputat Abdrahmanov esa Aytmatovning nafaqat qirg’iz va qozoq balki barcha Turk dunyosining yozuvchisi ekanligiga e’tibor qaratgan holda,

“Qozoq yozuvchisi Muhtar Avezovdan keyingi Turk dunyosini birlashtirgan yozuvchi Aytmatovdir. Dunyoni mintaqaning yashash shart-sharoiti, xalqimiz qadriyatlari bilan tanishtirdi” deya gapirdi.

Abdrahmanov shuningdek,

“Aytmatov qalamga olgan va bizga meros qoldirgan asarlar alohida o’ringa egadir. Shunday ekan uning dunyo adabiyotidagi o’rni hech qachon yo’qolmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ching’iz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabri kuni Qirg’izistonning Talas viloyatiga qarashli Sheker qishlog’ida tug’ilgan.

 

 



Aloqador xabarlar