Mirziyoyev bilan Macronning uchrashuvi samarali o’tdi

Fransiya, Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropadagi birinchi davlatdir.

1066671
Mirziyoyev bilan Macronning uchrashuvi samarali o’tdi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga bo’lgan tashrifi davomida ikkala mamlakat o’rtasida 10 ta hujjat bilan 5 milliard yevrolik investitsiya shartnomasi imzolandi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Fransiya, Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropadagi birinchi davlatdir.  

Shu doirada Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va fransuz ishbilarmon vakillari iblan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv chog’ida Mirziyoyev bilan Macron ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikdan tashqari Afg’onistondagi oxirgi vaziyat bilan mintaqaviy masalalarni ham qo’lga oldi.

Uchrashuvlar ortidan ikkala mamlakat o’rtasida avtomobil transportida tashish, turizm, harbiy-texnikaviy hamkorlik, texnik ko’mak, kosmosni tadqiq etish, investitsiya loyihalarini moliylashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.

Shuningdek ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida 2019-2020 yillarga qaratilgan hamkorlik dasturi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniyat vaziliklari o’rtasidagi hamkorlik protokollariga ham qo’l qo’yildi.

Mirziyoyevning tashrifi oldidan uyushtirilgan biznes-forumida O’zbekiston va Fransiya firmalari o’rtasida 5 milliard yevrolik ish va investitsiya loyihalari haqidagi shartnomalarga ham qo’l qo’yilgan edi.

Tashrif doirasida Fransiyadagi ishbilarmonlar bilan ham uchrashgan Mirziyoyev, Fransuz firmalarini O’zbekiston iqtisodiyotiga investtisiya kiritishga taklif qildi.



Aloqador xabarlar