TBMM raisi Binali Yildirim TurkPAning kichik sammitida ishtirok etdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim TurkPAning kichik sammitida ishtirok etdi.

1064986
TBMM raisi Binali Yildirim TurkPAning kichik sammitida ishtirok etdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasi tashkiloti tarkibiga O’zbekiston bilan Turkmanistonning ham qo’shilishi uchun harakat qilinishi kerakligini qayd etdi.  

Binali Yildirim Antaliyada bo’lib o’tgan “Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhit va barqaror rivojlanish” deb nomlangan Yevroosiyo Majlis raislari yig’ilishi doirasida bo’lib o’tgan TurkPAning kichik sammitida ishtirok etdi.  

Yildirim mazkur yig’ilishda so’zlagan nutqida eng avvalo TurkPA a’zolarini Turkiyada mehmon qilishlikdan xursand ekanliklarini ma’lum qildi.

TurkPA tarkibidagi Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston majlis raislari sifatida mushtarak rejalar uchun yig’ilganliklarini tilga olgan Yildirim,

“Bir yosh tashkilot hisoblangan TurkPAning mamlakatlarimiz uchun ajoyib xizmatlar qilajagiga ishonchim komil. Bu bir oila majlisi. Eng buyuk orzuimiz ota-bobolarimizdan qolgan merosni, bizdan keyingi avlodga yetkazib berishlikdir. Qisqa vaqt ichida O’zbekistonning to’liq yoki kuzatuvchi a’zo bo’lishini xohlaymiz. Bu barcha a’zo davlatlarining orzusi. Turkmanistonning ham bir amallab qo’shilishi uchun harakat qilishimiz kerak degan fikrdaman” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar