Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi qariyb 2 milliard AQSh dollariga yetdi

O’zbekistonda Turk ishbilarmonlari uchun eng yaxshi sharoit yaratib berilgan.

1063221
Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi qariyb 2 milliard AQSh dollariga yetdi

O’zbekistonning Anqaradagi elchi maslaxatchisi Shukhrat Yigitaliyev Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmining 2 milliard AQSh dollariga yetganligini ma’lum qildi.

Shukhrat Yigitaliyev Trabzondagi Savdo va sanoat palatasi ijroiya qo’mitasi raisi rahbari Suat Hajisaliho’g’lu bilan uchrashib, ortidan ishbilarmonlar yig’ilishida ishtirok etdi.  

Hajisaliho’g’lu, yig’ilishning ochilish qismida so’zlagan nutqida turk ish dunyosi sifatida Turk Respublikalari bilan ish hajmini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor berganliklarini belgilab o’tdi.

Yigitaliyev esa ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning mazkur mamlakat Prezidentlarining bordi-keldilarining natijasida ijobiy tus olganligini qayd etdi.  

Siyosiy va savdo munosabatlarining yaxshi tomon qarab yo’l olganligini ta’kidlagan Yigitaliyev, “O’zbekiston-Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi 2 milliard AQSh dollariga yetib qoldi. Yangi davrda iqtisodiy tarmoqdagi diplomatik uchrashuvlarga alohida e’tibor beryapmiz. Ayniqda savdo va sanoat palatalari bilan birgalikda yaxshi munosabatlar qurish niyatidamiz. O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasida muhim uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Uchoq safarlari avval bir haftada ikki safar qatnar ekan endilikda 28 safar qatnamoqda. Bu vaziyat ikkala mamlakat o’rtasida yangi imkonlar va yangi darvozalar ochmoqda” deya gapirdi.  

Yigitaliyev, elchixona darvozasining Turk ishbilarmonlari uchun oxirigacha ochiq ekanligini ta’kidlagan holda, “Hamkorlik uchun tayyormiz. Mushtarak qadriyatlarimizning turizmga muhim hissa qo’shishiga ishonchim komil. Hamkorlikdan tashqari Turk ishbilarmonlarining tajribasidan foydalanishlik biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoga o’z darvozalarini endi-endi ocha boshlagan bir mamlakat olaroq, ish dunyomiz jihatidan bunga katta e’tibor bermoqdamiz. Shuningdek, viza qulayligi ham mavjud” deya gapirdi.

Elchixona rasmiylaridan Abdulmalik To’ychiboyev esa ishbilarmonlarga, “O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish uchun 10 sabab bor” deb nomlangan ma’ruza o’qidi.

O’zbekistonning yangi davrda liberal va yangiliklarga ochiq siyosiy tuzilishga ega ekanligiga e’tibor qaratgan To’ychiboyev, ikkala mamlakat lideri o’tkazgan uchrashuvlarda qo’lga olingan masalalarni eslatdi.

To’ychiboyev, O’zbekistonda Turk ishbilarmonlari uchun eng yaxshi sharoit yaratib berilganligini belgilab o’tgan holda, “Ularning sarmoyasini, mulkini va huquqlarini har jihatdan qonuniy ravishda himoya qilamiz. O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi savdo, iqtisodiy, investitsiya tarmoqlaridagi hamkorlikni mexnatimiz, say-harakatimiz orqali yangi va sifat jihatidan bom-boshqa nuqtaga olib chiqishimzga ishonchim komil” dedi.



Aloqador xabarlar